yakun.
Endi xayot darsxonangiz bo'lar,
maktabda
Chalinadi eng oxirgi qo'ng'iroq
bu kun.
Bilmam, balki joningizga tekkan
bu jarang,
Balki bezor bo'lgandirsiz
darslardan xatto.
Balki ustoz asabingiz qilgandir
tarang,
Lekin o'tgan maktab davrin
unutmang aslo!
Axir oson bo'lmagandir 11 yil
kutmoq,
Bekor sarf bo'lmagandir 11 yil
umr.
Oson bo'lmas ustozlarning etagin
tutmoq,
Barchasining o'z gashti bor,
qilingiz sabr.
Balki sizga unut bo'lgan, eslarsiz
balki,
Shu dargoxga qadam qo'ygan
jajji qizaloq,
Yo bolakay edingizlar, quvonchga
to'lib
Kutgandinglar chalinishin ilk
qo'ng'iroq.
Alifboni tanimagan sofdil qizaloq
Katta bo'lib onasiga berar
maslaxat.
Darsdan qochib bezor qilgan bir
shalpangquloq
Bugun endi o'zimizga qilar
nasixat.
11 yilda 11 mingta quvonchu-
tashvish:
Sarguzashtlar xotiradan ketmaydi
albat.
Sinfdoshlik bog'i ichra ochildi
do'stlik,
Kimlargadir nasib bo'ldi sof bir
muxabbat.
Endi ustoz tekshirmaydi xayot
darsini,
Vazifani ko'chirmoqqa bo'lmaydi
imkon.
Kundalikka qo'yilmaydi "2"
baxolar,
Biling endi, xatolarni kechirmas
zamon.
Sinfdoshlar, bo'lolmaysiz endi
partadosh,
Endi sirdosh bo'lolmassiz,
unutmang biroq:
Do'stlaringiz bir umrga bo'lar
yelkadosh,
Do'stlik uchun chalinmaydi
so'nggi qung'iroq.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев