Предыдущая публикация
bilan,
Yurakki... yurakmi, yoki tosh
bilan,
O'zim ham bilmayman, qay
bardosh bilan?
Men sensiz yashashga o'rganib
qoldim.
O'zidan to'ydirib qo'yarkan
dunyo,
Taftida kuydirib qo'yarkan
dunyo,
Shartiga ko'ndirib
qo'yarkan dunyo,
Men sensiz yashashga
o'rganib qoldim.
Intilma avvalgi holim yo'q endi,
Intiqma shirin so'z bolim yo'q
endi,
"Xayr" bor "Yonimda
qol"im yo'q endi,
Men sensiz yashashga o'rganib
qoldim.
Rutubat elida qul deb saylanib,
Azobga shaylanib, g'amga
shaylanib,
Ohir bir vafosiz yorga aylanib,
Men sensiz yashashga
o'rganib qoldim.
Kutmadi demagin kutish ham
shuda,
Bilsang umidvorlik qiynadi juda,
Endi men yodingga
tushgan shu kunda,
Men sensiz yashashga
o'rganib qoldim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев