Milliy aviakompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Tashish va yerusti xizmatini tashkillashtirish boshqarmasi xodimlari bilan birga yana turli aviakompaniyalarning 40 ga yaqin mutaxassislari o‘quv jarayonida ishtirok etgan. Boeing o‘quv markazi xodimlari tinglovchilarni havo kemalarida, jumladan Boeing kompaniyasi samolyotlarida og‘irlik markazini aniqlash usullari va vositalari bilan tanishtirgan.
Bundan tashqari, tinglovchilarga Boeing, IATA, JAA (Joint Aviation Authorities Training Association), FAA (Federal Aviation Administration) hujjatlari bilan ishlash ularning o‘zaro aloqalari ta’kidlangan holda o‘rgatildi. Har bir bosqichdan so‘ng bajarilgan amaliy mashqlarning natijalariga murabbiylar tomonidan tegishli izohlar berildi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2