yurak bag’rim kuyib ketdi
O’zim bilsam go’rga edi
bu ovoza bo’lib ketdi
Kech keladi ishidan ham
ayrilganday hushidan ham
Yurganini bilsa bo’lar
ko’rayotgan tushidan ham
Ro’zg’or, bola manga
qolib o’tiradi o’yga tolib
Telefoni jiringlasa
gaplashadi bekinvolib
Har nodon der folbinga
bor issiq sovuq sehr
bergin
Biron dono aytmaydiki
eringni sev mehr bergin
Bolalarim bilishmasin ko’z
yoshimni ko’rishmasin
Kongli qolib otasini
yomon ko’rib qolishmasin
Qaynar g’iybat iya-iya eriz
uylanvoganmisha
Yonin olib urishaman ajab
qibti sizga nima
Opam ko’rib boshlar rosa
xotinbozmish ering rosa
Nima qisin xotinlariz o’zi
erkakvoz bosa
Eplabtimi yurivosin mayli
o’ynab kulivosin
Mani mulki davlatimda
davru-davron surivosin
Voy sen axmoq voy sen
beor sanga kerak
bo’lmasa yor
Sot kimoshdi savdosida
mahallangda ochib bozor
Pochchangni ko’r qanday
erkak chakki yurmas toza
yurak
Mani erim zo’rda sizzi latta
eriz kimga kerak
Voy zo’r bo’lgan ering
qursiz bino qo’ygan
shering qursin
Sanga jonim kuyibdiya
yurmog’idan ortiq yursin
Qizg’anmediyam eh sani
yana ortiq kerilgani
Nimasini qizg’anaman
tortmidimi yeyilgani
G’iybat qilib ochmang
bozor hamma ishni fursati
bor
Endi bitta olibdi asli
tortagacha ruxsati bor
Yuramanu bermay sirim
ammo yurak tilim tilim
Kundoshli xotinlar bekor
chhekishmagan ekan
chilim
Kimu jonon bilgim kelar
aptini bir ko’rgim kelar
Tutib olib sochlarini bitta
bitta yulgim kelar
Borgim kemas
mehmongayam boqqim
kemas insongayam
Janjal qil deb gijgijlaydi
ish topildi shaytongayam
Yetib bor der o’sha yerga
ikkalasi hozir birga
Bormaymaney jinnimanmi
g’ururimni urib yerga
Nima foyda urishlardan
qozilashib yurishlardan
O'q otayin kundoshlarga
mag’rur qarab turishlardan
Er ko’ngli qush uchib ketar
sovuq yerdan ko’chib
ketar
Tutmoq uchun don
sepayin miltiq ochsam
qochib ketar
Ranjimasin erim mayli
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1
ayol er talashmaydi
Boplab qo’yar edimkuya
bu ish manga yarashmaydi
Nodonga donolik qilay
sahroga daryolik qilar
Do’stim qilsa begonalik
man unga oshnolik qilay
Jilsin desam tosh joyidan
bo’lay erimni poyidan
Quyosh bo’lib mehrim
sochib ayni payt o’sha
oyidan
Pardozlab yuz ko’zi qoshni
quvnoqlikka olib o’zni
Har tong qarab tosh
oynaga takrorlayman
bitta so’zni
Ming turlansiz o’sha layli
marhaboga o’xsholmaydi
Kiygan bilan kovushimni
qilolmaydi yurishimni….!!!!