Mening ko'nglim temir emas zanglaydigan
Yashash mumkin sandiq to'la tillosiz ham
Bu dunyoda ishqsiz yashab bo'lmas ekan.
Yashash mumkin sepmasang ham o'tkir atir
Kuning o'tar yemasang ham bir kun patir.
Qimmatbaho libossiz ham xalq yashaydir
Bu dunyoda ishqsiz yashab bo'lmas ekan
Osmonlarda porlasang ham bo'lib yulduz
Nur sochsang ham hech so'nmasdan kecha-kunduz
Ko'ngil bilan hazillashib bo'lmas afsus
Bu dunyoda ishqsiz yashab bo',lmas ekan.
Inson sevar koshonayu kulbada ham
Axir yurak bor , sog'da ham , telbada ham.
Ishqsiz yashay olgay birgina muttaham
Bu dunyoda ishqsiz yashab bo'lmas ekan
Inson sevar kar bo'lsada, ko'r bo'lsada
Sevgi deydi peshonasi sho'r bo'lsada
Ishqdan kechmas mushtumlari zo'r bo'lsada
Bu dunyoda ishqsiz yashab bo'lmas ekan
Mehr ko'rsa bog'larda gul so'nmas ekan
Inson zoti boyliksiz ham o'lmas ekan
Muhabbatning azobi ko'p to'g'riku-ya
Lek dunyoda ishqsiz yashab bo'lmas ekan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев