Yarim ko'nglim xushlay
olmadim,
Odam bo'lib kelib dunyoga,
Odamlarday yashay olmadim! Yaqinlarim ko'zida nafrat,
Hazar qilib boqdilar faqat,
Anglab yetdim ohir oqibat,
Odamlarday yashay olmadim! Orzularim surib nariga,
Ko'mib qo'ydim yurak qariga,
Qo'l siltadim endi bariga,
Odamlarday yashay olmadim! Non o'rniga yedim dorini,
Hech bilmadim uni korini,
Shod chalolmay ko'nglim torini,
Odamlarday yashay olmadim! Kasalxona bu meni uyim,
Dilda dardlar to'lgan bir uyim,
Onam sezib yig'laydi yum-yum,
Odamlarday yashay olmadim! Vafo qilmay chiqar bo'lsa jon,
Siz yig'lamang xo'pmi onajon,
Lek bir lahza , bir fursat bir on,
Odamlarday yashay olmadim! Nolimayman do'stlarim ham bor,
"Ko'ngli oppoq" go'yo nafis qor,
O'limimni kutar intizor,
Odamlarday yashay olmadim! Kimlar maqtab og'zi ko'pirdi,
Rahmi kelib yaxshi gapirdi,
Kimlar kulib qalbim o'pirdi,
Odamlarday yashay olmadim! Ey g'animim, sen ko'ksingni ker,
Men kiyinay kafanimni ber,
Chorlab deydi menga qaro yer,
"Odamlarday yashay olmading!"
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6