Men xam telefon oldim.
To’yib gaplashaman deb,
Ko’pgina pul ham soldim.
Zamonaviy bo’lay deb,
Internetga ulandim. Uch kun
o’tmay"odnoklassniki” ni,
Kasaliga aylandim.
Xar shaxarda, xar xil yosh,
Go’zal qizlar qalam-qosh.
Gaplashdim xo’p qiziqib.
Do’stim bo’ldi odnodosh.
Kunlar o’tdi, oy
o’tdi,
Bir qizga ishqim ketdi,
Yozib shirin so’zlarni,
O’ziga maftun etdi.
She`rlar bitib tonggacha,
Suxbatlashib shomgacha,
Uxlamadik
xattoki,
Yulduz sanab tonggacha.
Muxabbatdan so’ylashib,
Xayollarda o’ynashib.
Layli-Majnun bo’ldik biz,
Ishk dardida kuylashib. Baxtli
edim
go’yoki,
Topdim deb zo’r go’zalni.
Qizg’onardim soyamdan,
Xattoki u asalni.
Kunlar o’tib, kun sayin,
Sevgimiz bo’ldi mayin.
Odnodagi qiz
bilan,
Uchrashuv bo’ldi tayin.
Oq yuvinib, oq tarab,
Oynaga ming bor qarab.
Sevgilimni ko’ray deb,
Otlandim shaxar taraf. Yurak
to’la
xayajon,
Bordim aytgan manzilga.
Sms keldi shu on,
Xafa bo’lmang xazilga.
Afsus, afsus shuncha oy,
Ishq dardida kuyganim.
Xazilkash bola
ekan,
Jonim deya suyganim.
Qiz bola pochtasidan,
Chiqqan ekan zormanda.
Sevdim desa ishonib,
Rosa bo’ldim sharmanda.
Achchig’imdan
chidolmay,
Telefonni otvordim.
Sinmay qolgan qismini,
Zapchast qilib sotvordim!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев