Vijdonning azobi qiynaydi xamon.
Menga xam bir kuni qaytar begumon.
O'ylamay gapirib adawdim afsus.
Ul inson men uchun jonin berardi.
Qayda bo'lsa men taraf bo'lib turardi.
Tilimni tiysam men nima bo'lardi.
O'ylamay gapirib adawdim afsus.
Singan ko'za tiklanmas qayta deydilar.
Quvonchin alamu dardga berdilar.
Uwal mexri daryo opam edilar.
O'ylamay gapirib adawdim afsus.
Jaxl kelsa aql ketarkan rostdan.
Axir mening opam deb kelmadim pastdan.
Ko'nglini ranjitib qo'ydim behosdan.
O'ylamay gapirib adawdim afsus.
Onam xam arosat o'rtada turar.
Bizni yarawtirmoqqa rosa urinar.
Aytadi do'st duwman ustingdan kular.
O'ylamay gapirib adawdim afsus.
Nima qiliwni bilmay xayrona dillar.
Ko'z oldimda bechora opam xam yiglar.
Vijdonim qiynoqda tinmayin ingrar.
O'ylamay gapirib adawdim afsus.
Alamim qogozu qalamdan oldim.
Aybim bilib xijolat o'tida yondim.
Tilda suyak yo'q ekan endi iwondim.
O'ylamay gapirib adawdim afsus...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев