) Qishi bilan devzira osh yeb yurgan doslarim. Bahor kelib bilet olib surgan doslarim. Musofirlik azobini korgan doslarim. Omonmisiz Rasiyada yurgan doslarim? Asrab yursin duolaru tumoringiz. Sizni kutar bilyard fudbol qimoringiz? Bizni esa tutar sizni humoringiz. Omonmisiz rasiyada yurgan doslarim? Charchaganda samagondan ichib turing. Oqquloqa baland uylar solib turing. Zerikkanda adnagaham kirib turing. Omonmisiz Rasiyada yurgan doslarim. Bilaman men. Ablisovka urmoqdasiz. Yo devorga shpaklovka surmoqdasiz. Topdingiz deb balki qotib kulmoqdasiz. Omonmisiz Rasiyada yurgan doslarim. Men ham sizday soginganman mahalamizni. Soginganman muzdek shirin suvlarimizni. Sogintirib jigar o'g'il qizlaringizni. Omonmisiz Rariyada yurgan doslarim. Korishamiz nasib bolsa kuz kelganda. Qilichini yalangoch qilib muz kelganda. Yozib qoydim hazil huzul soz kelganda. Omonmisizlar Rasiyada yurgan doslarim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев