"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Forbes nashri tomonidan ketma-ket 2-bor dunyoning eng ko'p daromad topadigan futbolchi deb tan olindi.
2014-yilda portugaliyalik 79 million dollar daromad olgan. Bu oldingi yilgidan 6 millionga ko'proq. 52,2 millionni Ronaldu maosh va bonus sifatida olgan. Qolgan 27 million dollarni reklama shartnomalari hisobidan topgan.
Ro'yxatning 2-o'rinida "Barselona" hujumchisi Lionel Messi egalladi. Oldingi yil argentinalik futbolchi 70,5 million dollar daromad qilgan (48,5 - maosh va bonus, 22 - reklama).
3 ta eng boy futbolchilar ro'yxatini "PSJ" hujumchisi Zlatan Ibragimovich yopib berdi. Shvetsiyalik hujumchi 2014-yilda 41,8 million topgan (35,8 - maosh, 6 - reklama).
Shuningdek, Ronaldudan tashqari yana ikki "Real" futbolchisi eng boy 10 ta futbolchi ro'yxatidan joy olgan. Garet Beyl 34,9 million dollar daromad qilgan holda 4-o'rinda, Xames Rodriges 25,4 million dollar daromad topib, 8-o'rinni egalladi.
Eng boy 10 ta futbolchi quyidagicha joylashgan.
1. Krishtianu Ronaldu («Real») - $ 79 million
2. Lionel Messi («Barselona») - 70,5 million
3. Zlatan Ibrohimovich («PSJ») - 41,8 million
4. Garet Beyl ("Real" - 34,9 million)
5. Neymar ("Barselona" - 31,7 million)
6. Radamael Falkao ("Manchester Yunayted" - 31 million)
7. Ueyn Runi («Manchester Yunayted" - 25,8 million)
8. Xames Rodriges ("Real" - 25,4 million)
9. Serxio Aguero («Manchester Siti» - 25,3 million)
10. Luis Suares («Barselona», - 19,9 million)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев