Xayot qonuningni o'qib ham bo'ldim,
Farzandman burchimni unutdim bildim,
Sizga bir savolim yashirmang mendan,
Ayting Ona farzand bo'lib men nima qildim.
Berganim shu sog'inch istirob,
Goh mag'rurman aslida xarob,
Sokin soydek osuda tindim,
Ayting Ona farzand bo'lib men nima qildim.
Betob bo'lsam mendayin kuygan,
Dunyolarga alishmay suygan,
Ulg'ayganda unutib qo'ygan,
Ayting Ona farzand bo'lib men nima qildim.
Yashirasiz ko'z yoshlaringiz,
Tog'dan baland bardoshlaringiz,
Yallo qilib beboshlaringiz,
Ayting Ona farzand bo'lib men nima qildim.
Axir jannat poyingizda,
Shukur qilay boringizga,
Nodon "shoir" o'g'lingizda,
Ayting Ona farzand bo'lib men nima qildim.
Besh kunli bu dunyoni ko'rdim,
Mexringizsiz nuradim sindim,
Anglab shuni ko'zlarimda yosh,
Ayting Ona farzand bo'lib men nima qildim.
Muallif: Akbarshox Obidjonov
(Andijonli Shoir)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев