Turfa xil savdolar tushganda boshga,
Gohida közlarim tölganda yoshga,
Hamisha yonimda duoda bölgan,
Kimga ham kerakman Onamdan boshqa.
Quvonchu qayg'uga özlari guvoh,
Sotmaydi, kulmaydi, dardimga hamroh,
Kuyunsam barobar chekadilar oh,
Kimga ham kerakman Onamdan boshqa.
Tilda ham, dilda ham, mexribon özi,
Hamisha porlagan nurdayin yuzi,
Köngli pok beg'ubor chiroyli közi,
Kimga ham kerakman Onamdan boshqa.
Döst bildim g'animni soddalik qilib,
Tuxmatlar yog'dirdi ustimdan kulib,
Akbarshox körding barini bilib,
Kimga ham keraksan Onangdan boshqa.
Guvoh bölib boryapman mana bariga,
Sevdim degan insonim ketdi nariga,
Taqdirda shu ekan chidab boriga,
Kimga ham kerakman Onamdan boshqa.
Insonman gohida qilganman xato,
Shukur erta boshim uruldi toshga,
Qadrdon döstlarim bor lekin ammo,
Kimga ham kerakman Onamdan boshqa...
Muallif: Akbarshox Obidjonov
(Andijonlik Shoir)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4