Sevishar edi ikki
qalb. Bir birisiz yasholmasdi.
Oradan o'tardi yillar, hamma
havas qilardi bu chin
muhabbatga. Yigit 19 yoshda, qiz
esa sal kam 17 yosh edi. Bugun
Qizning tug'ilgan kuni. Yigit
qizning uyiga shoshilardi.
Qizning uyiga yaqin kelganda
Yigitni mashina urib ketdi... Yigit
bu dunyoni tark etdi... Bu xabar
eshitgan qiz aqldan ozdi. Qiz
nima qilishini bilmas, har kuni
yigitning qabri tepasiga borib
ko'z yoshlar to'kar edi... Yigit
sofdil edi. Qabr ostida yotar ekan
qizninig ko'zyoshlari yuziga
tushganini sezardi. Ovozini
eshitar edi... Bu hol 3 oy davom
etdi. Yo Alloh osmondan vahiy
tushdi, go'yo Yigitga savol berildi:
"Ey o'g'lon Jannat eshiklari sen
uchun ochiq, Jannatga yo'l ol".
Yigit asta sekin jannat eshiklari
tomon yurib borar ekan yana
qizning yig'isini eshitdi. Yigitga
yana sado keldi: "Agar hohlasang
sanga yana bir kun umr beriladi.
Sevgan qizingni to'yib bag'ringa
bos. Faqat o'sha bir kunlik umr
evaziga senga Jannatning
eshiklari manguga yopiladi va
Do'zox eshiklari ochiladi... Senda
tanlash imkoni bor. Tanla, bir
kunlik sevgi yoki Jannatning
to'ri''. Yigit sevinib ketdi. Xech
ham o'ylab o'tirmay "bir kunlik
sevgi"ni tanladi. Allohning
qudrati, yigit qimirlay boshladi va
qabrdan chiqdi. Har bir daqiqani
asrab qizning uyiga yugurib
ketdi... Qizning derazasidan sekin
mo'ralab qarar ekan, joynomoz
ustida nomoz o'qib yigitning
haqqiga duo qilayotganini
ko'rdi... Yigitning ko'zlaridan
yosh oqdi. Endi ortiga qaytar
chog'ida: "Qayting! Bilaman siz
yonimdasiz"- deya qiz gapira
boshladi... Qiz Yigit tomon
talpindi. Yigit Qiz bilan "bir kunlik
sevgi"sini o'tkazibdi. Ular juda
baxtli edilar... Allohning qudrati
oradan 3 oy o'tdi lekin yigit hali
ham tirik edi... Yigit bomdon
nomozidan keyin uyga ketar
chog'i yo'lda bir gadoyga sadaqa
beribdi. Gadoy unga qarab turib:
"Ey o'g'lon sevganingga bo'lgan
sof sevging va bergan sadaqang
tufayli senga uzoq umr berildi.
Sevgining qadriga yet"- deya
gadoy ko'zdan g'oyib bo'libdi. Ey
odam bolasi Alloh tomonidan
berilgan SEVGIning qadriga
yeting!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев