Robiyani telefoniga navbatdagi
SMS keldi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi?
Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana
bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”.
Bu SMS lar Robiyaga tanish, har kuni bir
vaqtda, bir xil SMS keladi. Robiya ham o’z
navbatida Sobirga bir xil javob yozadi. Faqat
uniki aynan bir vaqtda emas. Har hilroq,
nechidir minutga farq qiladi.
“Assalomu Alekum. Sizga ham Xayirli tong!
Rahmat juda zo’r uhladim. Sog’inchim,
zarracha!))”...
Ha. Bu ularni har kungi salomlashish SMS
lari desa bo’ladi. Sobir va Robiya bir birini 3
yildan beri tanishadi. Ular avtobusda
to’sattan bir voqea sabab tanishib qolishgan.
Ushanda Robiyaga ikki mast yigit gap otib,
unga tegajorlik qilishvotgandi. Avtobusdagi
odamlar, yigitlar ichib olganigami, yoki
ulardan qo’rqibmi, o’zi odam ham kam edi.
Yo’q, konduktor e’tiroz bildirgandi, bir
narsalar dib so’kishdi, keyin biletingni
sotginam diyishdi. Sobir orqaroqda
o’tirgandi. Bu gaplardan keyin o’rnidan turib,
ularni oldiga keldi. Ozgina janjal, keyin
pastga tushishdi. Avtobus yo’lida davom
etdi. Sobir ular bilan alohida gaplashdi...
Robiya avtobus oynasidan qarab qoldi...
Robiya tikuvchilik fabrikasida tikuvchi bo’lib
ishlaydi. Har kuni bir vaqtda shu avtobusda
uyga qaytadi. Sobir ham usha atrofda
institutda o’qiydi. Uni ham darslari
tugagandan keyin shu vaqtda, shu avtobusda
uyga qaytadi. Ertasi kuni Sobir avtobusni
orqa o’rindig’ida o’tirib kevotganda yoniga
bir qiz keldi. Boshida u ahamiyat bermadi.
Yonida joy bo’sh edi. Lekin qiz Sobirga
qarab turardi. U qiz Robiya edi. Sobir qiz
unga tikilib turganiga o’zini g’alati his qildi.
Keyin qizga:
- Kechirasiz. O’tirmoqchimisiz. Marhamat
(shunday deb o’rnidan turdi)
- Yo’q. Sizga rahmat etmoqchidim.
- Joy berganimgami?
- Yo’q. Mani tanimadizmi?
- ... (Sobir o’ylanib qoldi)
- Kecha mani bezorilardan himoya qilgandiz.
Begona bo’lsez ham.
- Ha. Kechamidi. Uzr. Sizga qaramagan ham
ekanman. Bemalol. Nega endi begona
ekansiz. Man barchani o’z yaqinimde
ko’raman. Sizga yordam berganimdan
hursandman.
- Kecha sizga rahmat etolmaganimga rosa
uyalib yurdim.
- O’zi rahmat etishizga imkon bo’lmadiku.
Tushib ketdik.
- Ha. Lekin baribiram. Bugun sizni ko’rib
rosa hursand bo’ldim. Yonizga kelib, nima
dib gap boshlashni ham bilmadim. Yana bir
bor rahmat...
Bu ikkinchi uchrashuv. Lekin birinchi suhbat.
Shu holatdan keyin avtobusda bir birlarini har
kun ko’radigan bo’lib qolishdi. Ismlarini
etishdi... telefon raqam... endi telefonda
suhbatlar... (bir qancha vaqt, taxminan 1
yilcha o’tdi, Sobir o’qishni tugatib, ishga
kirdi)
- Allo. Robiya. Salom.
- Assalomu Alekum.
- Sizga bir gap etmoqchidim.
- Qanaqa gap.
- Sizni sansirab gapirsam maylimi?
- Hop. O’ziz bilasiz (Robiya o’ylanib qoldi.
Nega sansiramoqchi dib)
- Hozir o’ylanib qolding. To’g’rimi? Sababi,
man o’zimga yaqin olganlarimni barchasini
sansirab gapiraman. Qizlarni nazarda
tutvomman. Bunga sinfdoshlarim, kollejdagi
kursdoshlarim erishgan. Institutdagilar ham
erisha olmadi. Ularni sizlab chaqiraman.
Usha oxirgilari kollejdagilar bo’lib qolgandi.
Man endi shucha paytdan keyin san erishdin.
Agar hohlamasang, sizlab ham
chaqiraveraman.
- Yo’q, man sansirab chaqirishizni
hohlayman (Robiya o’zi bilmagan holda shu
gaplarni etvordi)
- Hursandman. Mayli keyinroq telefon
qilaman.
- Hop
Yana 2 yil o’tdi. Sobir har kuni soat 6:00 da
SMS yozadigan bo’ldi. Bir hillarida kechroq
ham yozardi. Uhlab qolishi, yana boshqa
sabablar... lekin ko’proq 6:00 da. Lekin
so’ngi paytlar, yengi telefon olganidan keyin
roppa rosa 6:00da kelardi. Yuboradigan
SMSi:
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi?
Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana
bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”.
3 yil ichida ularni orasida qalin munosabat
uyg’ongandi. Lekin ular buni sevgimas dib
o’ylirdi. Aslida sevgidan boshqa nima
bo’lishi mumkin? SMSda sog’inch haqida
yozilvoti. Qiziq. Rostan ham bir birini
sog’inisharmidi bir uyquda. Bu savol Sobir va
Robiyaga ham qiziq edi. Sobir unga SMS
yozdi.
”Robiya. Yaqinginam. Sandan bir narsa
so’rayman, rostini et. Man sanga shuncha
SMS yozaman. Sog’inmadingmi dib. San
zarracha diysan. Rostan ham zarracha
sog’inasanmi? Shu manga qiziqde.”
Robiya javob yozdi:
“Bilasizmi? Siz bilan uhlashimdan oldin
gaplashib bo’lganimdayoq sog’inishni
boshlayman. Shuning uchun, sog’inchimni oz
bo’lsa ham jilovlash uchun, tushlarimda ham
sizni ko’rishga harakat qilaman.Zarracha
deganim, har narsa zarrachalardan tashkil
topgan. Zararachalar bo’lmaganda ulkan
narsalar ham bo’lmasdi. Siz ham mani
sog’inasizmi? Doimo o’ziz so’riysiz, lekin
hich sani sog’indim dimiysiz”.
Sobir javob yozdi:
“Sanchalik sog’ina olmasakanman. Sani
sog’inching zarrachadek bo’lsa, maniki
shunaqangi yuqoridaki, uni hich kim hali his
qilmagan ekan. Mandan boshqa. Lekin
uhlavotganimda sani sog’inib uyg’onib
ketganimda, ko’rishim uchun xonamni har
devoriga sani rasmningni osib chiqganman.
Qaysi tomonga qarasam ham, sani
ko’raman. Faqat sani”.
Mana bu sog’inch. Ta’rifga so’zlar ojiz.
Bunday sog’ichlilar bir birini sevmidi dib etib
bo’ladimi? Baribir ichidagisini etishi kerak.
Sobir birinchilardan chiday olmadi. Va
uchrashuvga taklif qildi. Sovg’a didi. Uzuk
ham sotib oldi. Uchrashuvni bitta kafega
belgiladi. Sevgi izhorni ham orginal qilmadi.
Uzukni olib, Robiyani barmog’iga taqib qo’ya
qoldi. Robiya tushunmay ham qoldi. Sobir:
“Man sani sevaman, manga turmushga chiq”
dib, suhbatni tugatib qo’ya qoldi. Manimcha
bunga ham ancha kuch va iroda
to’plagandir.... osonmas etish. Robiya bir
og’iz javob qaytara olmadi. Uzukni olib
qolgani, bu qabul qilganide. Sobir ham
shunday o’yladi.
Kafedan chiqib, bekatga borishdi. U yerda bir
qari kampir turgandi. Qo’lida og’ir sumka.
Bozordan kevotganga o’xshiydi. U Sobirdan
uni uyigacha olib borishini iltimos qildi. Sobir
yo’q diya olmadi. Kampir uni bu yerdan
uncha uzoq emas ekanini etib o’tdi. Robiya
ham ular bilan birga ketdi. Yo’lda kampirni
tilidan duo tushmadi. Rostan ham uzoq emas
ekan. 5 daqiqada yetib borishdi. Kampirni bir
pioyola choyga taklifni rad etishdi, kech
qovomiza dib, bahona qilib ketishdi. Kampir
yana duo qilib qoldi.
Bahor oyi keldi. Har kungidek bugun ham
Robiyani telfoniga SMS keldi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi?
Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana
bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”.
Robiya ham usha javobni jo’natdi.
“Assalomu Alekum. Sizga ham Xayirli tong!
Rahmat juda zo’r uhladim. Sog’inchim,
zarracha!))”
Sobirdan yana keldi:
“Yaqin kunlar uyinga onam bilan ammamni
yuboraman”.
Bu gapga Robiyadan javob kelmadi. Nima
dib ham yozardi.
Soat 10:00larda Sobir Robiyaga telefon qildi.
Nimadir etmoqchidi. Lekin Robiya “keyinroq
o’zim telefon qilaman. Hozir ishlarimni
qivoliy” didi. Manimcha yana sovchilar
haqida gap ketadi dib o’ylagandir. 2 soatdan
keyin va’da bergani uchun qaytib qo’ng’iroq
qildi.
- Allo. Assalomu Alekum. Yahshimisiz.
- Voalekum Assalom. Ha zo’r. Ishlarinigni
qilib bo’ldingmi?
- Ha. Hozircha qilib bo’ldim. Hali yana bor.
- Man hozir daraxtga chiqvotudim.
- Nega?
- Ko’chada bolalarni varragi daraxtga ilinib
qolibdi. Tepasida, olsa bo’larkan. Ushanga
iltimos qilishgandi, “Amaki olib bering, o’zi
bitta edi. Uydagilar boshqa olib bermimiz”
diyishgandi, mayli dib obermoqchiman. Hozir
daraxtni yarimiga chiqib qoldim. Anaqisa
haliroq o’zim SMS yozaman. SMSimni
kutgin, albatta yozaman. Yoki o’zing qilgin.
Ishlaringni hammasini qilib bo’lib. Maylimi?
- Hop bo’ladide.
Soat 15:00 lar bo’ldi. Bu paytda man 10
marta daraxtga chiqib tushardim dib o’yladi
Robiya. Nega SMS yozmayaptilar. O’zim
qilaman. Raqamlarni terdi. Javob yo’q. Qayta
telefon qildi. Yana javob yo’q. 1 soatlardan
keyin yana telefon qildi.
- Allo. Assalomu Alekum.
- Voalekum Assalom. Kim bu?
- ... (begona ovoz edi. Robiya nima diyishini
bilmiy qoldi. Sobir hich telefonini
begonalarga bermasdi, adashmadimmi dib
raqamga qarab qo’ydi. Adashmagan.)
- Kechirasiz. Man Sobirga telefon qilgandim.
Ularni chaqirib bera olmaysizmi?
- Siz Robiyamisiz?
- Ha.
- Manga Sobir siz haqingizda etgandi. Ko’p
etar edi. Juda ham ko’p etar edi.
- ...
- Sobir endi oramizda yo’q.
- Nega.....(ovozi titrab chiqdi).
- Telefonni hozircha manda. Baxtsiz xodisa.
Boya negadir daraxtga chiqgan ekan... usha
yerdan... yiqilibdi... Shomga chiqaramiz.
Undan ayrilib qoldik. Man haligacha o’zimga
kelolmayapman.
- ... (Robiyani qulog’iga bu gaplar kirmasdi)
- Uzr. Boshqa gapira olmayman. U sizga
uylanmoqchi edi. Uni telefonini endi kim
tutishini ham bilmiman. Buguncha manda
turibdi. (aloqa uzuldi)
Robiyani hayollari ostun ustun bo’lib ketdi.
Ming hayollar. Faqat bir gapni qaytaradi:
“Yo’q. Ishonmayman. Bo’lishi mumkin
emas. Ular o’lmaganlar. Ular tiriklar.
O’rtoqlari hazil qilishvotti. Kimdan bilishim
mumkin? Yo’q. Uylariga boraman. Hoziroq
boraman”. dib, yo’lga chiqib ketdi.
Sobirni mahallasiga kirib bormoqda.
Telefonga qarab qarab qo’yadi. Hozir Sobir
qaytib telefon qiladigandek. Qaytib telefon
qilishga yuragi betlamiydi. “Qaysi uy ediya.
Nechinchi edi. Uylarini eslolmayapman” dib
o’ylab tez tez ketib borardi. “Shom
bo’lishiga 1 soatcha vaqt bor. Agar rostan
ham o’lgan bo’lsalar, odamlar to’plangan
bo’lishi kerak. Ko’chani nomi qanaqa edi.
Ha. Mana shu ko’cha. Shu ko’cha bo’lishi
kerak. Telefonlarida shu yerda tushgan
rasmlari bor edi. Shu ko’chadan yuraman.
Mashinalar, odamlar ko’p. Nahotki rost
bo’lsa. Ishonmaaaaymaaaaan!!!” deb baqirib
yubordi. Orqasidan ayollar kevotgan ekan.
Ular kelib, Robiyadan hol ahvol so’rashdi.
- Tinchlikmi qizim? Sizga hich narsa
bo’lmadimi? Yordam kerakmasmi?
- A? (Robiya, ularga savol nazari bilan qarab
turardi. Nima diyishini ham bilmasdi.)
- Sog’ligiz yahshimi? Hozir baqirganizni
eshitdik.
- Ha. Yo’q. Man yahshiman. (ko’zi odamlar
to’planib turgan eshikda)
- Sizni tanimayroq turibman. Bu yerda
qanaqa ishiz bor edi?
- Manga bir narsani etib berolmisizmi.... (u
baribir ishonmayotgan edi, shunga aniqlik
kiritmoqchi edi)
- Nimani qizim?
- Bu yerda kim vafot etdi?
- Bu yerdami? Bu yerda 90dan oshgan bir
otaxon bo’lardilar. Ushalar bugun olamdan
o’tibdilar. Mahallani yuragi edilar. Tetik
edilar. Lekin Yaratganni irodasi. Olamdan
o’tdilar.
- Rahmat. (beixtiyor Robiyani yuziga
tabbasum yugurdi, ayollar unga qarab hayron
qolib, tuf tuflab qo’yishdi o’zlarini o’zlari va
yo’lda davom etishdi.
Robiya ichidan buni yolg’on ekanini hursand
bo’lsada, tashqi tarafdan uni aldashgani
nafrati yuzini burishtirib turardi. “shunaqa
narsa bilan ham hazil qiladimi, man ularga
ko’rsatib qo’yaman hali. Kim bo’lsa ham
ta’zirini beraman. Aldoqchilar. Agar Sobirni
ham bunda qo’llari bo’lsa, ularni hich
qachon kechirmiman. Yana maraka borligini
bilib etishgan. Mani sinamoqchi bo’lishdimi?
Ko’rsataman ularga hali. Mayli, muhimi sog’
bo’lsalar ham” dib orqaga qarab yurdi.
Baribir sevgisi kuchlide. Nafratni ham yenga
oldi. Yana hayoliga bir narsa kelib, telefonini
oldi. Sobirga telefon qilmoqchi bo’ldi.
O’lmaganini biladi endi. Sobirni yod bo’lib
ketgan raqamlarini terdi. Qulog’iga tutdi.
Yonidan yana ayollar o’tib ketishvotgandi.
Ularni gaplari qulog’iga chalindi; “Eshitilarmi
qo’shni, Xadichaxonni o’g’li Sobir ham
bugun olamdan o’tibdi. Daraxtdan yiqilibdi. –
Voy eshitmagandim. Xudo rahmat qilsin. Hali
yosh bola ediyu, nega daraxtga chiqibdi? –
Bolalarni varragi ilingan ekan. Ushani olib
beraman dibdi. Tepasi qurigan shox ekan.
Usha sinib, yerga yiqilibdi. Shoxni biri
qorniga kirib ketganmish. Yuragiga ham
kiribdimiye. Shunaqa diyishdi. – Voy,
yoshgina ediya. Manga ham qancha yordam
berardi. Hich qahcon yo’q dimasdi. Ko’chada
ko’rib qolsa ham salomini kanda qimasdi.
Xadichaxonga qiyin bo’libdiya. – Nimasini
etasiz. Bu yil uylantiraman digandilar. –
Unda tezroq yuringlar. U yoqga ham
chiqishimiz kerak. – Buni qaranglar, bitta
mahalladan ikki ko’chada bir kunda maraka
bo’lsaya.” dib bir birlari bilan gaplashib o’tib
ketishdi. Robiya telefonni ushlagancha joyida
qotdi. Unda telefonda hazillashishmagandi.
Orqaga qaytib, boshqa ko’chaga yurdi.
Qayrildi. Bu ko’cha ham tanish, rasmini
ko’rgan. To’g’ridagi eshik yonida ham
odamlar to’planib turishibdi... Robiya yo’l
chetidagi daraxt tagiga turib, piqilib yig’lab
yubordi. Buni kutmagandi. Juda og’ir zarba
bo’ldi. Yerga o’tirib qoldi. Bir qancha vaqt
o’tirdi. Behol... Yonidan odamlar ikki tobutni
olib o’tib ketishdi. Ikki xil tobut. Biri yoshniki,
qizil duxoba o’ralgan, biri qariyalarniki oq
surup o’ralgan. Odamlar tobutni qo’lma qo’l
qilib ketishvoti. Robiya asta tobutga qarab
qo’ydi. Nima diyishni ham bilmadi... Kun
qoraygach, kimdir uni turg’azib, manzilini
so’rab, uyiga kuzatib qo’ydi. Bu manimcha
usha Sobirni telefonida gaplashgan yigit edi.
Robiya uyida yig’lashga ham holi
qolmagandi. O’ksib, o’ksib qo’yardi. Onasi
uni yonida nima qilishni bilmasdan yurardi.
Birga olib kelgan yigit unga nima bo’lganini
etib berdi. Onani ko’zlari yoshlandi. Qizini
sirdoshi edi. Nima yordam qilishni ham
bilmasdi. Tez yordam chaqirdi. Doctor
Robiyaga tinchlantiruvchi ukol qilib ketdi.
Robiya uhlab qoldi...
Soat 6:00. Robiyani telefoniga SMS keldi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi?
Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana
bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”.
Robiya SMS ovozidan uyg’onib ketib,
telefonini oldi. SMS ni o’qidi. Kulib qo’ydi.
Va har doimgi javobini yozdi.
“Assalomu Alekum. Sizga ham Xayirli tong!
Rahmat juda zo’r uhladim. Sog’inchim,
zarracha!))”
Yuborgandan keyin, telefoniga qarab kulib
qo’ydi. Oz kulib turib, yuzi tezda o’zgardi.
Axir qanaqa qilib????? Hich narsaga
tushunmasdi. Qanaqa qilib SMS keldi.
Telefonini qo’liga olishi bilan, jiringlab qoldi.
Sobir telefon qivotti. Hayron bo’ldi.
Qanaqasiga. Nahotki adashdi. Kecha uni
kimdir olib keldiku. Telefonni oldi.
- Allo. Assalomu Alekum.
- Allo. Voalekum Assalom. Siz Robiyamisiz.
Hozir SMS ni siz yozdingizmi? (kechagi
yigitni ovozi)
- Ha. Manga SMS keldi. Har kuni yozadigan
SMSlari. Javob yozdim.
- Kechirasiz. Telefon hali ham manda turibdi.
Sizga hich kim SMS yozmadi. Sizdan SMS
kelganiga, o’qib hayron bo’lib, telefon qildim.
- Mana manga SMS keldiku. Keyin yozdim.
Yozganimdan keyin esimga tushib, hayron
bo’lib turgandim. Siz telefon qilib qoldingiz...
(Sobir vafot etganiga so’ngi bor ishonib,
dodlab yig’lab yubordi.)
- Robiya. Afsusdaman. Og’irroq bo’ling.
Yig’idan foyda yo’q.
Robiya yig’idan to’xtamasdi. Onasi kelib,
qizini ovutgan bo’ldi. Robiya yana yig’lab,
yig’lab charchadi. Uhlab qoldi. Onasi
Robiyani otasi bilan Sobirnikiga fotixa
o’qigani ketdi... Kelgandan keyin onasi qizini
boshiga kelib, “sen albatta baxtli bo’lasan,
taqdiringga u yozilmagan ekan. Boshqasi
sani baxtli qiladi” dib, peshonasidan o’pib
qo’ydi.
Ertasi kuni tong. Soat 6:00. Robiyani
telefoniga SMS keldi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi?
Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana
bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”.
Robiya SMSni o’qidi. Lekin javob yozmadi.
Pichirlab, siz o’lgansiz dib qo’ya qoldi. Lekin
bu unga g’ayri tabiiydek tuyulardi. Tushga
yaqin Sobirni raqamiga telefon qilishni
dugonasidan so’radi. Birozdan keyin
dugonasi Robiyaga qaytib qo’ng’iroq qoldi.
Telefonni boshqa yigit olganini etdi. U SMS
yozmagan ekan dib qo’shib ham qo’ydi.
SMS kelaverdi. Kelishdan to’xtamadi. Har
kuni. Bir xil vaqtda, soat 6:00 da SMS
kelaverdi. 1 oy bir xil SMS. Robiya Sobir
bilan gaplashgan oxirgi gapini esladi. “SMS
yozaman. SMSimni kutgin” digandi. “Lekin
qanaqa qilib, buni imkoni yo’qku. Qanaqa
qilib. Ularni telefon raqamlaridan SMS
kelsade, lekin hich kim yozmagan bo’lsa.
Man javob yozsam borsa. Mani rosa javob
yozgim keladi. Sog’indim dib. Rosa
sog’indim. Juda sog’indim. Tunlari
yostiqlarim ho’l bo’lib ketadi, sizni
eslayverganimdan. So’gindim dib yozgilarim
keladi. Lekin kimga yozaman. Man
yozganimni ular o’qimasalar. Kimga
yozaman????” shunaqa lar dib yig’lardi.
Yana tong. SMS keldi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi?
Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana
bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”.
Tanish xolat. Qaytib qo’ng’iroq qildi. Boshqa
chiday olmadi. Telefonni so’ramoqchidi.
Bunday azobga chidolmasdi. Telefonni bir
boshqa yigit oldi.
- Allo.
- Assalomu Alekum.
- Voalekim Assalom. Eshitaman sizni.
- Manga haligacha SMSlar kevotti. Soat
6:00da. Avvalgidek.
- (chuqur ho’rsinib). Man Sobirni akasiman.
Uni telefonini man olib yuribman. Avval
etganizdan keyin, kompaniyaga bordim. Ular
arxivni ko’rib, tasdiqlashdi. Keyin telefon
ustaga olib bordim. Ular bunga SMS
yuboruvchi programma o’rnatilganini etishdi.
Unga SMS yozib, hohlagan paytga yuborishga
qo’ysa bo’larkan. Sobir sizga SMS jo’natishni
har kungiga qo’ygan ekan. Programmani
o’chirish uchun parol terish kerak ekan.
Afsuski bilmayman. Usta o’chirsa, boshqa
narsalar ham o’chib ketar ekan. Ukamni
telefonida uni eslatuvchi ko’p narsalar bor.
Shunga o’chirtira olmadim. Sizga etmoqchi
edik. Lekin qanday etishni bilmadim. Nima
dib o’ylashizni bilmadim. O’zizni telefon
qilishizni kutdim. Sizdan bir iltimosim bor
edi. Iloji bo’lsa biznikiga keling. Onam sizni
ko’rmoqchi edilar. Ukamni xonasi shunday
turibdi. U yerga oldin kirmasdilar. U
o’lgandan keyin, uni eslab xonasiga kirib,
sizni rasmlarizni ko’rdilar... ushanga siz
bilan ko’rishmoqchilar. Yo’q dimang.
Hohlasangiz, uyizdan borib olib ketishadi.
- ... (uzoq o’ylanib. Sobirni hurmati uchun
ham rozi bo’lishga qaror qildi). Hop. Faqat
oyim ham man bilan boradilar.
- Mayli. Sizni 11:00 larda olib ketgani
boraman. Manzilizni etvoring.
Robiya manzilini etdi. Keyin onasiga etdi.
Onasi boshini egib, mayli ishorasini qildi.
Sobirni akasini ularni uyidan olib ketdi. Uyda
Sobirni onasi Xadichaxon opa ularni yig’lab
kutib oldi. Yig’i orasida, “o’glim yeta
olmagan kelinim kelibdi” digan so’zlari ham
bor edi. Ular Robiyani quchoqlab, rosa
yig’ladilar... Sobirni akasi o’zini bolasini
quchoqlab, homush o’tirardi...
Robiya onasi bilan qaytib olib ketvotganda,
akasi gap boshlab qoldi: “Man ukamni
yahshi bilmas ekanman. Siz haqingizda ko’p
gapirardi. Sovchi ham yubormoqchi edi.
Afsuski... Telefonini man olib yuribman.
Ishlatishgamas. Shunchaki uni tanishlari,
kimdir telefon qilsa man gaplashaman.
Ko’plar uni olamdan o’tganini bilishmidi.
Tushuntiraman. Ko’plarni kayfiyati juda
tushib ketadi. Manga ham qiyin. Har
telefonda uni eslab, uni tanishlariga javob
berish. Uni o’lganini eshitgan tanishlari, u
ko’p yahshilik qilganini etib berishadi. Shu
mani ukammidi dib o’zimdan so’rab
qolaman. Hich qaysinisini man bilmasdim.
Tarixga yozilgulik ishlar qilgan ekan. Undan
qovotganini bizani eslashimizamas. Uni
qigan yahshiliklari ekan. Ushanga faqat
yahshilik qilish kerak ekan. Uni birorta odam
yomonlamadi. Faqat afsus diyishadi.
Ko’pchilik akasidan o’rnak oladi. Havas
qiladi. Manda teskarisi. Ukamga havas
qilish. Undan o’rnak olish... Sizga yana bir
gap. Sizga Sobirni unuting dimayman. Lekin
endi o’zizni hayotingizni qurishiz kerak.
Xotiralar bilan yashab bo’lmaydi. Uni
unutsez biza hafa bo’lmimiza. U endi yo’q.
Hich narsani o’zgartirolmimiz. Yana sizga
boradigan SMSlar. Hohlasangiz uni
o’chirtirishim mumkin. Kerak narsalarini
ko’chirtirib oldim. Shuni o’zizdan
so’ramoqchidim?” dib etib qoldi. Robiya,
indamadi. Faqatgina, qolaversin dib etdi...
Ertasi kuni tong. Soat 6:00. Robiyani
telefoniga SMS keldi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi?
Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana
bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”.
Robiya smsni yoddan bilsa ham, baribir
o’qidi. Keyin: “Aldoqchi, uyqichi. Har doim
manga o’ziz yubormas ekansiz. Man aniq bir
vaqtda eslab yuboradilar dib o’ylardim. Sizga
ishonardim. Yolg’onchi. Sizdan
nafratlanamaaaan, mani tashab ketdiz” deb
telefonini devorga otib sindirdi. SIM kartasini
olib, uni ham sindirib tashladi. U endi Sobirni
unitmoqchi edi. Boshqa telefon ishlatmoqchi
ham emasdi...
Bir necha yillar o’tib, taxminan 4 yillar. SIM
karta ishlatilmagi uchun shu raqam qayta
sotuvga chiqdi. Ancha oldin sotuvga chiqdi.
Chiroyli raqam bo’lmagani uchunmi, yoki
nimadir sabab bu raqam sotilmadi.
Kompaniyadan bir kishi bu raqamni sotib
oldi. Uyga kech keldi. Sumkasidan yangi
telefon olib, uni joyladi. Va uhlab yotgan
xotinini yoniga qo’yib qo’yib, xotinini yuzidan
o’pib qo’ydi.
Erta tong. Soat 6:00. Yangi telefonga SMS
keldi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi?
Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana
bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”.
Ayol cho’chib uyg’onib ketdi. Yonida telefon
turibdi. Telofon bantik bilan o’ralib, qog’oz
yopishtirilgandi. Unga “Robiya tug’ilgan
kuning bilan tabriklayman. Endi sanda ham
telefon bor. Oddiy raqam oldim. Turmush
o’rtog’ing Sanjar” dib yozilgandi. SMS ni
qayta o’qidi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi?
Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana
bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”...
Robiya pichirlab: “Sog’indim, lekin
oldingilaridam ham ko’proq”.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4