Leykoz (leyko...), leykemiya, oq qon - qon ishlab chiqaradigan to'qimalarning o'sma kasalligi, bunda ko'mik zararlanadi va normal kon hosil bo'lishi jarayoni buziladi; qon yaratuvchi a'zolarda yosh patologik hujayra elementlari o'sib ketadi, limfa tugunlari va taloq, kattalashadi, qonda o'ziga xos o'zgarish sodir bo'ladi.
Kasallik sababi to'la-to'kis aniklanmagan. L.ning kelib chiqishida virusli, endogen, kimyoviy va radiatsion nazariyalar mavjud. O'tkir L., surunkali miyeloleykoz (miyeloid turkumidagi xujayralarning hosil bo'lishi buziladi) va b. shakllari farqlanadi.
O'tkir L.ga intoksikatsiya xos bo'lib, asosan, t-ra ko'tariladi, og'iz bo'shlig'i va tomoqda yiringli- yarali jarayonlar, qonsirash kuzatiladi, asab sistemasi izdan chiqishi mumkin. Qon tarkibi o'zgarib, bunda normo-, erito- va megaloblastlar ko'payib ketadi. Periferik qonda anemiya, trobotsitopeniya, leykogramma o'zgarishi, qon yaratilishining to'satdan to'xtashi va h.k. kuzatiladi.
Surunkali L. dastlab sezilmasligi mumkin. Quvvatsizlik, bosh aylanishi, koʻp terlash, apatiya, bir oz harorat koʻtarilishi roʻy beradi. Bemorning suyaklari zirqirab ogʻriydi, meʼda-ichak faoliyati buziladi; jigar, talok, va limfa tugunlari kattalashadi. Ogʻirroq (terminal) qollarda anemiya, trombotsitopeniya avj oladi. Leykotsitlar, xususan bazofil va eozinofillar soni ortadi. Qon va suyak punktatida yetilmagan yosh blastlar, koʻmik punktatida krnning limfoid elementlari giperplaziyasn roʻy beradi.
Qonda donador leykotsitlar ko'payadi, ba'zan gemolitik sindrom (q. Gemoliz) kuzatiladi. Davosi. O'tkir L .da va surunkali L. zo'riqqanda bemor kasalxonada davolanadi.
Rentgenoterapiya, quvvatga kiritadigan, kamqonlikka qarshi dorilar buyuriladi, qon quyiladi. Hayvonlarda ham qon hujayralarining yetilish jarayoni buzilishi (anaplaziya) bilan kechadi. L. bilan qoramol, qo'y, echki, ot, cho'chqa, it, mushuk, parranda kasallanadi.
Hayvonlardan ko'proq sigirlarda, parrandalardan tovuklarda uchraydi. Kasallikka radioaktiv nurlar, kimyoviy omillar, genetik buzilishlar, gormonlar balan-sining buzilishi va viruslar sabab bo'lishi mumkin. Kasallik hayvon sog'lig'iga ko'rinarli zarar yetkazmasdan oylab va yillab davom etadi. Ko'pchilik hollarda bitta yoki bir qancha limfa tugunlari, taloq kattalashadi, shuningdek, ovqat hazm qilish buziladi, holsizlanish, oriqlash, sigirlarda sutining kamayishi va shishlar paydo bo'ladi.
Parrandalarda, koʻpincha, 4 oylikdan katta tovuqlar, baʼzan kurka, oʻrdak, gʻoz va b. kasallanadi. Q.x.ga qoramollarda uchraydigan enzootik L. (limfoleykoz) va Retraviridae oilasiga mansub viruslar qoʻzgʻatadigan turli L. shakllari katta iqtisodiy zarar yetkazadi.
Tashhis klinik belgilarga va lab. da qon analizlariga qarab qo'yiladi. Oldini olish: sog'lom xo'jaliklarda bu kasallikdan himoya choralari ko'riladi. Qoramollar klinik-gemotologik tekshiruvdan o'tkaziladi. Kasallik aniqlansa, sog'lomlashtirish tadbirlari ko'riladi. L.ga chidamli zotlar yaratiladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев