ayolim kechki
ovqatga
dasturxon tuzayotgan ekan. Uni
qo`lidan
tutib yonimga o`tkazdim va jiddiy
gapim borligini aytdim. U jim
o`tirib
meni tinglardi.
Imkon qadar ko`zlariga qarab
gapirishga urinardim, biroq
ulardagi o`g`riq
meni sozlashimni qiyinlashtirardi.
Nafasimni jamlab
keyingi kunlarda ichimda o`ylab
yurganimni shart aytdim
qo`ydim: “Sen bilan
ajrashmoqchiman”.. Uni bu
so`zlarim hayratga solmadi va u
sokinlik
bilan “Nega?”
deb sababini so`radi. Javobdan
o`zimni olib
qochdim, unga bu harakatim
yoqmadi. Nima deb aytishim
kerak edi? Hotinimni sevmay
qo`ganimga ancha bo`lgan, hozir
ko`nglim butkul Dilraboga
tegishli. Ertasi kuni ishdan
qaytganimda hotinim
nimalarnidir yozib o`tirgan edi.
Indamay kirib
yotdim, Dilrabo
bilan o`tgan kunim ta`surotlarini
o`ylab shirin uyquga ketibman.
Ertalab ayolim qo`limga bir
parcha qog`oz tutkazdi. Unda bir
shart yozilgan edi. U men bilan
ajrashishga
qarshilik qilmasligini va buning
evaziga
mendan biroy muddat so`ragan
edi. Shu bir oyni baxtli oiladek
o`tkazishimizni
iltimos qildi. Sababini oddiygina
tushuntirdi. Yaqinda o`g`ilchamiz
maktabga borishi
kerak edi va yomon ta`surotlar
bilan o`qishni
boshlamasligini hohlardi. Men
rozi bo`ldim.
Uning yana bir kichkinagina
sharti bor edi.
Turmushimizning ilk oyidek uni
har tongda
uy ichidan qo`llarimda ko`tarib
eshik
oldigacha olib chiqishimni
so`radi. Ayolim
ajrashish oldidan aqldan ozibdi
degan hayol
keldiyu indamadim, shu bilan
qutulsam mayli.
Ayolimga nisbatan hohish
istagim
ham yo`q edi, meni yana o`ziga
isitib oladi
desam.
Begonani ko`targandek ko`tarib
yurarman
bir oy. Birinchi kun g`alati o`tdi.
O`g`lim bizni ko`rib qiyqirib
yubordi: “Ada
nega oyimni
ko`tarib oldiz?”. Hotinim
ajrashish
haqida
zinhor gapirmasligimni iltimos
qilganligi
uchun men jilmayib qo`ya qoldim
va kocha
eshigigacha ko`tarib bordim. U
ishga ketdi…
Har tong shunday o`ta boshladi.
Har safar
ayolimni qo`limga olarkanman
qandaydir
iliqlik paydo bo`layotgandek
tuyulardi. Men
o`zimni ishontirardim boshqasini
sevaman
deb. Dilraboni oldiga oshiqardim.
Bir oy
bo`lishiga ikki kun qolganda
hotinim
qandaydir yengillik bilan
qo`llarimga o`zini
topshirdi. Qo`llari bilan
bo`ynimdan quchib
boshini elkamga qo`ydi. Orqadan
bizni
kuzatayotgan o`g`limizni chaqirib
yuzidan
o`pdi. Biz haqiqatda baxtli
oiladek
edik. Men
har kungidan ham mahkam
ko`tarib
olgandim ayolimni. Huddi nikoh
kunimizdek…
Ishxonamga uchib kirdim.
Hoziroq borib
hammasini hal qilaman.
Qarshimdan chiqqan
Dilraboga borini aytdim: “Men
seni
sevmayman. Hotinim bilan
ajrashmayman”.
Unin javobi yuzimga tushgan
tarsaki edi.
Yig`lab honasiga qulflanib oldi.
Men esa
yugurib ko`chaga chiqdim va
toza havodan
to`yib nafas ola boshladim.
Go`yoki sevib
qolgan o`spirindek. Yo`l-yo`lakay
bitta tort va
katta guldasta oldim. Ayolim
sevadigan
gullardan. Ayolimdam minnatdor
edim meni
yana oilasiga qaytara olganiga.
Urish-janjalsiz
chiroyli yechim topganiga. Men
uni butun
umr qo`limda ko`tarib
yurishimga
arziydi.
Yotoqxonamizga qayta tug`ilgan
sevgi
qanotlarida uchib kirdim. Ayolim
meni kutmabdi… Ishdan
qaytgunimcha
joni
uzilgan ekan. Men ko`zi ko`r
shuncha oydan
beri oilamdan uzoqlashib ayolim
rak kasaliga
duchor bo`lganini sezmabman
ham. U ham
befarq eriga dardini aytgisi
kelmagan. Uning
so`nggi iltimosining maqsadi esa:
farzandimiz ko`z oldida men o`z
ayolini va
oilasini tashlab ketgan odam
sifatida emas,
balki sevuvchi er va ota sifatida
qolishimni istagan ekan, hattoki
ketayotganida ham
yaqinlari uchun harakat qilibdi…
Hayotda pul
yig`ish, mashina va uy olish
g`amida yuramiz, biroq bu
tashvishlar deb
yaqinlarimiz bilan
munosabatlarni unutmasligimiz
kerak. Hech
kim abadiy emas, kim oldin, kim
keyin ketadi. Armonda qolmaylik
doslar!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 66
Adxam soliev quwiq aytgan wu rivoyat xaqida......