to’xtadi,
Ovozingiz eshitib, qalbim titradi,
Nigohingiz rom etib, dilim
boyladi,
Ammo, ko’nglim hislarini
bilmadingiz, hech.
Sizni ko’rganimda, qalbim
quvnardi,
Sizni eslashim zahot, dilim
yashnardi,
Yulduzlar ko’ngil ohlarim
tinglardi,
Ammo, qalbim tug’yonlarin
bilmadingiz, hech.
Sizni ismingiz ila tonglar otardi,
Tunlarda oy sirdoshim bo’lardi,
Yomg’irlar dil yoshlarim bo’lardi,
Ammo, yurak iztiroblarim
bilmadingiz, hech.
Sizni sog’inib, sanoqsiz kunlar
o’tardi,
Xayollarim zanjirband, samoda
kezardi,
Cheksiz nolalarim falakni ezardi,
Ammo, bag’rim sitamlarin
bilmadingiz, hech.
Sizni qalb bog’larimda, sevgim
kutardi,
Telba yurakkinam, sabrsiz
qo’msardi,
Armonlarim meni ayamay
yutardi,
Ammo, dilim nolalarin
bilmadingiz, hech.
Sizni uzun, dardli she’rlarim
sevardi,
Suratingizga ko’ngilginam
gohida ko’nardi,
Gohida chidolmay, isyon qilardi,
Ammo, ko’ksimdagi azoblarni
bilmadingiz, hech.
Sizni unutishimni dilim yolborib
so’rardi,
Alamlarim ko’ksimga xanjarlar
urardi,
Gohida oyning menga rahmi
kelardi,
Ammo, yuragim ohlarin
bilmadingiz, hech.
Charchadim, boshqa yurak
o’rtashga qolmadi holim,
Bedor tunlarni o’tkazishga
yo’qdir madorim,
Najotsiz, chorasiz kutishga
yetmaydi sabrim,
Endi, nimayam qilardim, alvido,
alvido azizim
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев