azizim, sizni
qanchalik
sevishimni? Esizdami sevgimiz
tarixi
qanaqa boshlangani? Avtobusda
ketayotganimizda, tik
qolganimni körib
menga joy bergandiz. O'shanda
qattiq
sovuq qotganimdan sizga
rahmat ham
aytolmaganman. Ehtimol
hayajonlangandirman, ehtimol
ötkir
nigohlariz qarshisida
hayajonlangandirman. Uyga
kelib
negadir kalendarda o'sha sanani
katta
qilib qizil marker bilan belgilab
qo'ydim.
Keyin yana sizni tasodifan
uchratib
qolganimda meni qahvaga taklif
qildiz.
Bu qahva men hayotimda
ichgan eng
betakrori edi. Sizga juda
yarashardi ösha
tabassumingiz. Telefon
raqamimni oldiz.
Har safar uchrashganimizda
bag'rimni
gullarga to'ldirardiz. Bir oydan
keyin
menga uzuk sovg'a qilib
qo'limmi
so'radiz. Men dunyodagi eng
baxtli qiz
edim. Ayniqsa o't o'chiradigan
mashina
bilan kelib, tug'ilgan kunim kuni
katta,
oppoq ayiq sovg'a qilganizni
sira
unutolmayman. Uni asrab
avaylayman,
qizimiz uchun. Hayolan ayiqcha
bilan siz
haqizda gaplashaman.
Töyimizdagi
voqealar esizdami? Men hali
ham
to'yimizdagi voqealarni hayajon
bilan
eslayman. Salonga meni olib
ketish
uchun kelganizda, do'stlariz
meni
ko'rmasligi uchun ularni
ichkariga
kiritmagandiz. Sezganman,
rashk
qilgandiz. To'yimizdan keyin har
kuni
azonda qiynalmasligim uchun
hovlilarga
suv sepib berardiz, keyin
oyijonim ko'rib
qolmasliklari uchun kirib yana
uxlardiz.
Qizimiz tug'ilganida
xursandligizdan
hovuzga sakraganizni eslasam
hali ham
kulgim keladi. Qaniydi ösha qora
kunni
hayotimizdan butunlay öchirib
tashlashning imkoni bölsa... Siz
ikki
bolani olov ichidan qutqarib
oldingiz,
ularga hayot ato etdingiz. Ammo
buning
badali katta böldi... Qancha köz
yosh
tökdim ekan? Yodizdami?
Jonimga qasd
qilmoqchi bölgandim. Tushimga
kirib,
unaqa qilma, qizimiz uchun
yasha
degandiz. Mana Zarinamiz ham
6 yoshga
to'ldi. Hozir uni maktabdan olib
uyga
qaytaman, xuddi o'ziz bo'lgan
qiziz ham.
Xo'p azizim, men uyga qaytdim.
Ertaga
yana kelaman, sovuq qotmasdan
yoting.
Ertalab yangi gullar olib
kelaman. Ha, siz
yaxshi körgan gullardan. Meni
duolarim
sizni isitadi. Bilasizmi bugun
tanishganimizga 7 yil bo'ldi.
Xursandmisiz? Xursandsiz a?
Xotirjam
yoting, xöpmi... Yo'q, men
yig'lamayapman. Axir sizga
va'da
berdimku yig'lamayman deb?
Ha,
közimdagimi? Bu yosh emas.
Hm,
tög'risi... Shamol kuchli
esyapti... Sizni
taqdir hukmi mendan
ajratgandir, lekin
shuni bilamanki hali hammasi
yaxshi
bo'ladi, siz har doim
qalbimdasiz. Bu
sevgimiz tarixi...bizning
sevgimiz tarixi...
U hech qachon o'lmaydi,
manguga
yashaydi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев