Предыдущая публикация
Bir zumdek tuyular bahtli kunlarim,
Hijronda topilmas dalda berguvchi,
Qaylarda qoldingiz qadrdonlarim.
Yolg'iz his qilyapman o'zimni buncha,
Nasibam emaskan ochilgan g'uncha,
Bir yo'qlab kelmoqlik qiyinmi shuncha?
Qaylarda qoldingiz qadrdonlarim?
Menga quvonch bering bahtingiz bilan,
Isiting ko'nglimni taftingiz bilan,
G'amlarni quvguchi yaqinlar ekan,
Qaylarda yuribsiz qadrdonlarim?
Yillardek cho'zilar dardli kunlarim,
Bir zumdek tuyular bahtli kunlarim,
Ulug'bek hijronning domiga cho'kar,
Yordam qo'lin bering qadrdonlarim!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев