Seni sevdim,
bo'lmading iqror. Seni sevdim shirin til
bilan. Qiyo boqib o'tmading bir bor.
Yillar o'tdi, o'tdi yoshlik ham. Tindi
qalbga jo'shqin oqqan qon. Qalbim
titrar hamon eslasam. Hamon bordir ko'nglimda armon. Sendan oldin
umrim tugasa. Sen borsanki, demak,
tirikman. Hech ishonma, u o'ldi desa.
Hayotingga doim sherikman.
Yo'llaringda chechak uchrasa. Yashnab
tursa, bil, o'sha menman. Boshlaringda chaman barq ursa. Nur ufursa, bil,
o'sha menman. Erta bahor kelib
qaldirg'och. Salom desa, bil, o'sha
menman. Bahor qadar boshingga
gultoj. Yillar esa, bil, o'sha menman.
Chanqog'ingni qondirsa buloq. Bag'rin ochib, bil, o'sha menman. Tunlar
yo'ling yoritsa chiroq. Shu'la sochib, bil,
o'sha menman. Ketolmayman hech
sendan yiroq. Ishonma sen mening
qabrimga. Aslida men sevgan
kunimoq. Ko'milganman sening qalbingga. . .
#новости
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев