Предыдущая публикация
zamon,
Go‘zallar vafosiz, aldoqchi
dedim.
Yoningda qolishga yo‘q edi
imkon,
Men sening yodingda qolmoqchi
edim.
Negadir istardim
qiynalishingni,
Yuragingga kamand solmoqchi
edim.
Onangga aytolmay qolsang
tushingni...
Men sening yodingda qolmoqchi
edim.
Do‘stlar kechib qo‘ygan edi
bahrimdan,
Kimlardandir qasos olmoqchi
edim.
Haydab chiqardilar
hayotlaridan,
Men sening yodingda qolmoqchi
edim.
Alamim, hasadim, ginam
tufayli,
Ehtimol ustingdan kulmoqchi
edim.
Sog‘insang, o‘rtansang, yig‘lasang
mayli,
Men sening yodingda qolmoqchi
edim.
Ko‘zingni ko‘zimga bermading
sira,
Ishondingmi, yo‘qmi, bilmoqchi
edim.
Seni ko‘p o‘yladim. She’r yozdim
qara,
Men sening yodingda qolmoqchi
edim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1