Yetsin qayga cho`zsa, erkak qo`lini,
Halollikdan topsin kiygan to`nini,
Yigitni dunyoda xor qilma Tangrim,
Mardingni nomardga zor qilma
Tangrim. Yuragi Vatanning ishqida yonsa, Nomardning so`zidan yuz
burib tonsa, Chanqog`i maygamas,
suv bilan qonsa, Yigitni dunyoda
xor qilma Tangrim, Mardingni
nomardga zor qilma Tangrim.
Nonini pok halol mehnatdan topsa, Egniga iymondan oppoq to`n yopsa,
Izlagan xikmatin Qur’ondan topsa,
Yigitni dunyoda xor qilma Tangrim,
Mardingni nomardga zor qilma
Tangrim. Ma’shuqasi bo`lsin
jonidan sevgan, Boshga qilich kelsa ham bir uni degan, Majnundek ishq
uchun dunyodan kechgan, Yigitni
dunyoda xor qilma Tangrim,
Mardingni nomardga zor qilma
Tangrim. Nomard yo`llariga
tuzoqlar qo`ysa, Bevafo yor uchun alamdan kuysa, Xiyonat ko`ksini
pichoqsiz so`ysa, Yigitni dunyoda
xor qilma Tangrim, Mardingni
nomardga zor qilma Tangrim..!
https://www.youtube.com/watch?v=DWkLTzKaWDA
https://www.youtube.com/watch?v=U_UbUPWiYz0
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев