Qiz
axtarishga tushdi. Õg'lining
kõngliga mos kelmayapti
topganlari. Õg'li bir qizni tavsiya
qildi. Ona u qizni kõrdi, lekin
xushlamadi. Ona qiz axtaraverdi,
vaqt ham õtaverdi. Oxiri ona bir
qizni tanlab, õg'liga: xohlasang
ham, xohlamasang ham shu
qizga uylanasan, dedi. Õg'il noiloj
rozi bõldi. Qiz ham hali yosh, atigi
17 yoshga tõlgandi. Qiz ham erta
turmush qurishni xohlamas, men
hali õqishimni davom
ettirmoqchiman desa ham, qizni
ota-onasi tõyga rozilik berishdi.
Vaqt õtib tõy ham bõldi. Yangi
kelinchak yangi uyiga
moslashishi qiyin bõldi.
Qaynonasi ham tez-tez ish
buyurar, kelin esa rõzg'or
ishlariga qiynalardi. Shu zaylda
bir yildan ortiq vaqt õtdi. Ular
farzandli bõldi. Lekin kelin
farzand kõrgandan keyin tez-tez
kasal bõla boshladi. Bu hol
qaynonaga yoqmasdi. Nuqul
kelinidan nolirdi. Kelinchak erta
farzand kõrgani uchun sog'lig'i
yaxshimasdi. Bora-bora
qaynonaga "kasal kelin" yoqmay
qoldi va er-xotin ajrashdi. Guldek,
yosh oila buzildi. Ona õg'liga
boshqa qiz topib uylantirmoqchi.
Endi kimni baxtini, kõnglini yarim
qilarkan-a?
Hayotda mana shunday voqealar
uchrab turadi. Hech qaysi oila
bunday ahvolga kelmasin.
Oilalarimiz tinch va baxtli hayot
kechirsin.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев