Bu sura Makkada nozil qilingan bo‘lib, o‘ttiz oyatdan tashkil topgandir.
Sura barcha olamlar mulki — podshohligi O’z qo‘lida bo‘lgan Alloh taborak va taolo behad buyuk-barakotli zot ekanini ta’kidlash bilan boshlanadi. Shu boisdan u «Mulk» surasi deb nomlangandir.
Ayrim manba’larda uni «Taborak» surasi deb ham ataydilar,
Bu surada Alloh taolo o‘lim va hayot ne’matlarini nima uchun yaratgani hamda U zot yetti qavat osmon va undagi bor mavjudotni qanday daqiq hikmat-intizom bilan bunyod etgani bayon qilingan oyatlar qatorida oxirat haqida va u Kunda kofirlar duchor bo‘ladigan azob hamda ularning chekadigan befoyda afsus-nadomatlari to‘g‘risida xabar beradigan oyatlar ham mavjuddir. So‘ngra yeru osmondagi Tangri taoloning qudrati ilohiysiga dalolat qilib turgan turli-tuman oyat-alomatlar tasvirlanadi hamda kofir va mo‘min haqida ibratli misollar keltirilib, barcha insonlarni Alloh taolo rozi bo‘ladigan To‘g‘ri yo‘lni tutishga da’vat etiladi... Ushbu suraning fazilatlari bayonida ko‘plab hadislar rivoyat qilingan bo‘lib, ulardan biri imom Tirmiziy rivoyat qilgan mana bu hadisi sharifdir:
Payg‘ambar alayhis-salom aytdilar: «Darhaqiqat Allohning Kitobida o‘zi faqat o‘ttiz oyatdan iborat bo‘lgan bir sura ham borki, u (o‘sha surani o‘qib, amal qilib yurgan) kishini shafoat qilur va hatto Qiyomat kunida uni do‘zaxdan chiqarib, jannatga kiritur. U «Taborak » surasidir».
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
(♥)1. (Barcha olamlar) podshoxligi O’z qo‘lida bo‘lgan zot — Alloh barakotli buyukdir. U barcha narsaga qodirdir.
(♥)2. (Ey insonlar, U) sizlarning qaysilaringiz chiroyliroq-yaxshiroq amal qilguvchi ekanligingizni imtihon qilish uchun o‘lim va hayotni yarattan zotdir. U qudratli va mag‘firatlidir.
I z o h. Demak, Alloh taolo har bir insonning mana shu hayoti dunyoda qilib o‘tadigan amallarini sinab, oxiratda o‘sha amalga yarasha mukofot-jazo berish uchun o‘lim va hayotni yaratgan ekan. Ushbu oyati karimada o‘lim so‘zi hayot so‘zidan muqaddam keltirilishiga sabab, o‘lim kalimasining mazmuni hayot kalimasining ma’nosidan teranroq, qamrovliroq ekanligidir. Chunki hayot so‘zi mana shu o‘tkinchi dunyoda yashashning boshlanishini bildirsa, o‘lim so‘zi oxirat diyoridagi mangu hayotning boshlanishini anglatadi. Demak, o‘lim yuzaki qaraganda hayotning intihosi bo‘lib ko‘rinsa-da, aslida u mangu hayotning ibtidosidir. Bu xususda Payg‘ambar alayhis-salom shunday deganlar: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zotga — Allohga qasamki, sizlar mening so‘zlarimni ulardan (o‘liklardan) yaxshiroq anglaguvchi emassizlar. Faqat ular javob qila olmaydilar xolos».
(♥)3. (U) yetti osmonni ustma-ust qilib yaratgan zotdirki, siz u Rahmonning (Mehribon zotning) yaratishida biron tafovut-nuqsonni ko‘rmassiz. Endi ko‘zingizni yana (samoga) qaytaring-chi, (unda) biron futur-yoriqni ko‘rarmikansiz?
(♥)4. So‘ngra ko‘zingizni qayta-qayta (samoga) qaytaring, ko‘zingiz sizga charchab, holdan toygan holda qaytur (ammo Alloh taolo yaratgan osmonlardan biron ayb-nuqson topa olmas).
(♥)5. Darhaqiqat Biz eng yaqin osmonni chiroqlar (yulduzlar) bilan bezadik va ularni shaytonlarga otiladigan toshlar qilib qo‘ydik. Biz ular (shaytonlar) uchun (oxiratdagi) olov-do‘zax azobini ham tayyorlab qo‘ygandirmiz.
(♥)6. Parvardigorlariga kofir bo‘lgan kimsalar uchun jahannam azobi bordir. Naqadar yomon oqibat bu!
(♥)7. Qachon ular (jahannamga) tashlanganlarida qaynab turgan (jahannamning xuddi eshak hangrashidek) bir o‘kirik-faryodini eshiturlar.
(♥)8. U g‘azabdan bo‘linib-parchalanib ketgudek bo‘lur. Har qachon unga bir to‘da (kofir) tashlanganida uning qo‘riqchilari ulardan (kofirlardan) «Sizlarga (hayoti dunyoda) biron ogohlantirguvchi-payg‘ambar kelmaganmidi?» deb so‘raganida.
(♥)9. Ular derlar: «Ha, darhaqiqat bizlarga ogoxlantirguvchi kelgan edi, (lekin bizlar uni) yolg‘onchi qilganmiz va: «Alloh (hech kimga) hech narsa nozil qilgan emas, sizlar faqat katta zalolat-gumrohlikdadirsizlar», deganmiz».
(♥)10. Ular (kofirlar) yana: «Agar bizlar (ogohlantirguvchi payg‘ambarning so‘zlarini) tinglab, aql yurgizuvchi bo‘lganimizda, do‘zax egalari qatorida bo‘lmas edik», derlar.
Davomi : Komentda.........
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 9
11. Mana ular o‘z gunohlarini e’tirof etdilar! Endi u do‘zax egalariga halokat bo‘lgay!
12. Albatta g‘aybdagi (ko‘zlariga ko‘rinmaydigan) Parvardigorlaridan qo‘rqadigan zotlar uchun mag‘firat va katta ajr-mukofot bordir.
13. (Ey insonlar), sizlar so‘zlaringizni yashiringlar yoki oshkora qilinglar (har holda Alloh bilib turur). Albatta U dillardagi sirlarni bilguvchidir.
14. (Axir) yaratgan zot (O’zi yo‘qdan bor qilgan narsalarni) bilmasmi?! U mehribon va (har narsadan) xabardor zotdir.
15. U (Alloh) sizlar uchun yerni xokisor-bo‘ysunguvchi qilib qo‘ygan zotdir. Bas, (er)ning har tomonida (sayr-sayohat qilib yo tijorat bilan, yoki dehqonchilikni kasb qilib) yuraveringlar va (Allohning bergan) rizq-ro‘zidan yenglar. Yolg‘iz Uning huzuriga tirilib chiqish – qaytish bordir. 16. (Ey Makka kofirlari,) yo sizlar (kofirligingizda oyoq tirab turaversangizlar,) osmondagi zot sizlarni yerga yuttirib yuborishidan, bas, banogoh (er) titroqqa tushib, sizlarni bosib qolis
11. Mana ular o‘z gunohlarini e’tirof etdilar! Endi u do‘zax egalariga halokat bo‘lgay!
12. Albatta g‘aybdagi (ko‘zlariga ko‘rinmaydigan) Parvardigorlaridan qo‘rqadigan zotlar uchun mag‘firat va katta ajr-mukofot bordir.
13. (Ey insonlar), sizlar so‘zlaringizni yashiringlar yoki oshkora qilinglar (har holda Alloh bilib turur). Albatta U dillardagi sirlarni bilguvchidir.
14. (Axir) yaratgan zot (O’zi yo‘qdan bor qilgan narsalarni) bilmasmi?! U mehribon va (har narsadan) xabardor zotdir.
15. U (Alloh) sizlar uchun yerni xokisor-bo‘ysunguvchi qilib qo‘ygan zotdir. Bas, (er)ning har tomonida (sayr-sayohat qilib yo tijorat bilan, yoki dehqonchilikni kasb qilib) yuraveringlar va (Allohning bergan) rizq-ro‘zidan yenglar. Yolg‘iz Uning huzuriga tirilib chiqish – qaytish bordir. 16. (Ey Makka kofirlari,) yo sizlar (kofirligingizda oyoq tirab turaversangizlar,) osmondagi zot sizlarni yerga yuttirib yuborishidan, bas, banogoh (er) titroqqa tushib, sizlarni bosib qolishidan xotirjammisizlar (qo‘rqmaysizlarmi)?!
17. Yoki sizlar osmondagi zot ustingizga tosh yog‘dirishidan xotirjammisizlar?! Hali (azobga giriftor qilinganlaringizda) Mening ogoxlantirishim qanday ekanligini bilib olajaksizlar!
18. Darvoqe ulardan avvalgi kimsalar ham (o‘z payg‘ambarlarini) yolg‘onchi qilgandilar. Bas, Mening inkorim — azobim qandoq bo‘ldi?!) 19. Ular ustlarida (qanotlarini) yoyguvchi bo‘lgan va yiqqan holda (uchib yurgan) qushlarni ko‘rmadilarmi?! U (Qush)larni yolg‘iz Rahmongina (samoda) ushlab turar! Albatta U barcha narsani ko‘rib turguvchidir.
20. (Ey mushriklar), Rahmondan o‘zga sizlarga yordam beradigan, sizlar uchun qo‘shin- yordamchi bo‘lgan o‘sha zot kim o‘zi?! (Allohdan o‘zga biron madadkor yo‘qdir). Kofirlar esa faqat g‘urur-aldanishdadirlar. (Shuning uchun ular o‘zlari sig‘inayotgan but-sanamlarga ularni Allohning azobidan qutqara oladi, deb hisoblaydilar).
21. Agar (Rahmon) O’z rizqini ushlab-to‘xtatib qo‘ysa sizlarga rizq-ro‘z beradigan o‘sha zot kim o‘zi?! (Allohdan o‘zga biron rizq-ro‘z berguvchi yo‘qdir). Yo‘q, ular (kofirlar) katta ketishda va (haqdan) yiroqlashishda davom etdilar.
22. Axir yuz tuban (ya’ni oyog‘ining ostidan o‘zga yoqqa qaramasdan) yuradigan kimsa Haq yo‘lni topguvchiroqmi yoki qaddi rost holida To‘g‘ri Yo‘lda yuradigan kishimi?!
23. (Ey Muhammad, u kofirlarga) ayting: «U (Alloh) sizlarni (yo‘qdan) paydo qilgan va sizlar uchun quloq-ko‘zlar va dillarni (ato) qilgan zotdir. Sizlar esa kamdan-kam shukr qilursizlar».
24. Ayting: «U sizlarni yer yuzida yaratib qo‘ygan zotdir. Sizlar (Qiyomat kunida) yolg‘iz Unga to‘planursizlar».
25. Ular: «Agar rostgo‘y bo‘lsangizlar (aytinglar-chi) ushbu va’da (qilingan Qiyomat kuni) qachon bo‘ladi?» derlar
26. (Ey Muhammad, ularga) ayting: «(Qiyomat qachon qoyim bo‘lishi haqidagi) bilim yolg‘iz Allohning huzuridadir. Men faqat bir ochiq ogoxlantirguvchidirman, xolos».
27. Bas, qachonki ular (Qiyomat kunida va’da qilingan azobni o‘zlariga) yaqin holda ko‘rishgach, u kofirlarning yuzlari qorayib ketur va (ularga): «Mana shu sizlar istagan narsadir», deyilur.
28. (Ey Muhammad, u kofirlarga ayting: «Xabar beringiz-chi, agar Alloh meni va men bilan birga bo‘lgan kishilarni halok qilsa yoki (umrimizni uzun qilish bilan) bizlarga rahm-shafqat qilsa, O’zining izn-ixtiyoridadir. Ammo endi kofirlarni (ya’ni sizlarni) kim alamli azobdan himoya qilur?!
I z o h. Makka kofirlari doim Muhammad alayhis-salom va u zotning sohobalariga o‘limhalokat tilar edilar. Shunda Alloh taolo tomonidan payg‘ambarimizga yuqoridagi oyat nozil qilinib, u kishini kofirlarga shunday javob qilishga amr etildi: «Biz mo‘minlar ikki go‘zal oqibatga ko‘z tutib yashaymiz. Ular biri sizlar orzu qilayotganingizdek, din yo‘lida halok bo‘lib, jannatga yetish bo‘lsa, ikkinchisi – omon qolib, sizlarning ustingizdan o‘zimiz umid qilgan g‘alabaga erishishdir. Ammo sizlar kofir bo‘lgan hollaringizda kimning himoyasini kutmoqdasizlar?!»
29. Ayting: «U (Alloh) Rahmon — Mehribondir. Bizlar Unga iymon keltirdik va yolg‘iz Uning O’ziga tavakkul qildik — suyandik. Hali sizlar kim ochiq zalolatda ekanligini bilib olajaksizlar!».
30. (Ey Muhammad, u mushriklarga) ayting: «Xabar beringiz- chi, agar (banogoh ichar) suvlaringiz (er tubiga) singib ketar bo‘lsa, u holda kim sizlarga oqar suv keltira olur?! (Jonsiz butlaringizmi?! Bas, nega u befoyda-bejon butlarni Mehribon Allohga sherik qilib oldingizlar?!)»
Устозимиз Шайх Ҳазратларининг таъзияларида иштирок этаётиб, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг қуйидаги ҳадислари ёдимга келди.
Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:
Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Агар Аллоҳ таоло бир бандани яхши кўрса, Жаброилга: «Аллоҳ фалончини яхши кўради, сен ҳам уни яхши кўргин!» деб нидо қилади. Кейин Жаброил ҳам уни яхши кўради ва осмон аҳли ичида: «Албатта, Аллоҳ таоло фалончини яхши кўради, сизлар ҳам уни яхши кўринглар!» деб нидо қилади. Кейин осмон аҳли ҳам уни яхши кўради. Сўнгра унга нисбатан ерда (яъни, ер юзидаги одамларнинг қалбида) мақбуллик (яъни, розилик ва муҳаббат) ўрнатилади.
Муттафақун алайҳ
Аллоҳга маҳбуб бўлишнинг аломати
muslimaat.uz muslimaat.uz
qilisharkan ularga faqat
yoki sizni yuragiz yo meni
yuragim tög'ri kelarkan!
- Jinni buldingmi uka
oyim 70 dan ötgan
busalar keyin men ertaga
Rusga ketyapman ishga
jöralarim bilan bilet
tayyor!
-Aka axir oyim ......
-Yetar bas men kettim!
Oradan 2 yil ötdi aka
safardan uyga qaytdi ne
kuz bilan körsinki oyisi uy
yumushlari bilan band
tandirdan uzulgan
issiqqina non esa uni
dimog'ini qitig'lardi ...
-Oyi uzizmisiz ?
-Xa uzimman ke bolam
sen yoqtirgan mantini
pishirgandim juralaring
keladi bugun degandi
seni.
-Oyi menam judayam
sog'indim sizni. Xa ukam
kurinmaydi?
-Ukang yuragimda
yashayapti bolam deya
kuzida yosh bilan qöliga
ukasi yozgan xatni
tutkazdi.
-Aka siz judayam yaxshi
insonsiz siz va oyimdan
bölak xech kimim yuq siz
yuragizni beraman degan
taqdirizda xam men
baribir yöl q6ymasdim
usha kuni men qaror qilib
bölgandim meni öldi
demang xech qachon
oyimni maxkam
quchoqlang men oyim
bilan birgaman xar doim
uchalamizni xech kim
ajrata olmaydi sizn...ЕщёAka oyimni aperatsiya
qilisharkan ularga faqat
yoki sizni yuragiz yo meni
yuragim tög'ri kelarkan!
- Jinni buldingmi uka
oyim 70 dan ötgan
busalar keyin men ertaga
Rusga ketyapman ishga
jöralarim bilan bilet
tayyor!
-Aka axir oyim ......
-Yetar bas men kettim!
Oradan 2 yil ötdi aka
safardan uyga qaytdi ne
kuz bilan körsinki oyisi uy
yumushlari bilan band
tandirdan uzulgan
issiqqina non esa uni
dimog'ini qitig'lardi ...
-Oyi uzizmisiz ?
-Xa uzimman ke bolam
sen yoqtirgan mantini
pishirgandim juralaring
keladi bugun degandi
seni.
-Oyi menam judayam
sog'indim sizni. Xa ukam
kurinmaydi?
-Ukang yuragimda
yashayapti bolam deya
kuzida yosh bilan qöliga
ukasi yozgan xatni
tutkazdi.
-Aka siz judayam yaxshi
insonsiz siz va oyimdan
bölak xech kimim yuq siz
yuragizni beraman degan
taqdirizda xam men
baribir yöl q6ymasdim
usha kuni men qaror qilib
bölgandim meni öldi
demang xech qachon
oyimni maxkam
quchoqlang men oyim
bilan birgaman xar doim
uchalamizni xech kim
ajrata olmaydi sizni yaxshi
kuraman akajon......
- Oyijon deya baqirib
yubordi va oyisini
maxkam quchoqladi köz
yoshlarini tiya olmadi
oyisini quchoqlagan xolda
ichida ukasidan kechirim
söradi.
2-si judayam tasirli ekan Rahmat.....!