Mayin esgan shamollardan sevgingni sezdim. Ishon jonim sendan uzoq armondan bezdim. Olisdagi mehribonim mehring sog'indim. Har olgan nafasim ismingni aytib. Tunlari suratinga termulib yotib. Hayolan bir yoninga zum kelib ketib. Olisdagi mehribonim mehring sog'indim. Dilim vayron visolingni qilib humor. Seni oylab tunlar o'tar sokin bedor. Ayroqdamiz taqdir bo'ldi bir aybdor. Olisdagi mehribonim mehring sog'indim. Ketgim kelar bu yerlardan huzuringa. Yana to'yib boqsam deyman oy yuzinga. Zor qilmagin vafodorim chin so'zinga. Olisdagi mehribonim mehring sog'indim. Sensiz bu yiroqlarda ming bor ezildim. Yurakka behisob armonlar ko'mdim. Bugun mehringni izlab dildan talpindim. Olisdagi mehribonim mehring sog'indim.....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев