berdi Laylak qor
Meni esimga tushdi ul bevafo
go'zal yor
Xo'p ajoyib dam edi qorli
qirovli kunlar
Masrur edim baxtimdan shirin
tush ko'rib tunlar
Laylak qor yoqqanida uni ilk
bor ko'rgandim
Ko'rib uni qalbimda sexrli xis
tuygandim
O'tirardi qarshimda shiringina
jilmayib
Qor shu onda atayin yog'ar
edi kuchayib
Men xech ko'z uzolmadim
betakror ko'zlaridan
Maftun bo'lib qolgandim
samimiy so'zlaridan
U juda Dilbar edi kulib turardi
yuzi
Kulgichlarida yashirin bor edi
shirin nozi
Ilk muhabbatim edi ul bevafo
go'zal yor
Uchratkandim men uni
yoqqanida Laylak qor...
Samimiy suhbatidan zavq
olardim bir jaxon
Uchratmagandim avval
bundayin shirin zabon
Qo'l ushlashib yurardik bog'lar
aro ikkimiz
Xayolimda bir umr buzilmasdi
sevgimiz
Sirdoshim edi tanxo ul bevafo
go'zal yor
Tanishkandim u bilan
yoqqanida Laylak qor...
Ko'zimizga tikilib tinmay
suhbat qurardik
Yoz oylari qirg'oqdan
chig'anoqlar terardik
Axdu paymon qilgandik ul
bevafo yor bilan
Qasamxam ichgan edik oppoq
nafis qor bilan
Tunlari uxlamasdan o'ylab
chiqardim uni
U aslo sevmas ekan sezmas
ekanman buni
Afsus meni tark etdi Ul bevafo
go'zal yor
Sevgan edim men uni
yoqqanida Laylak qor...
Ko'rdim boshqasi bilan yurardi
bavafo yor
Samodan esa tinmay yog'ar
edi Laylak qor
Xotiralarni qo'zg'ab yana
yog'di Laylak qor
Yurib borardim sekin kumush
qish fasli edi
Osmondan biram go'zal Laylak
qor yog'ar edi
Nogox nigohim tushdi ul
bevafo go'zalga
Negadir xarakati o'xshardi
telbalarga
Jinni bo'lib qolganmi deb
o'yladim men uni
Surishtirib so'ng bildim
xaqiqatligin buni
Aqldan ozgan edi ul bevafo
go'zal yor
Shundaxam esa tinmay yog'ar
edi Laylak qor...
So'ng biroz vaqtlar o'tdi balki
oylar, balki yil
Bir fojiya bo'lgandi aytolmaydi
buni til
Eshitdimu yig'ladim kelmas edi
ishongim
Xar qancha bo'lganda xam
men uni sevar edim
Olamdan o'tgan edi ul bevafo
go'zal yor
Doyimgidek samodan yog'ar
edi Laylak qor...
Bevafo bo'lsada u yashab
yursa bo'lardi
Xayotda baxtli yursa ko'nglim
nurga to'lardi
Qalbim tig'langan edi endichi
nima bo'ldi
O'n gulidan bir guli
ochilmaganim so'ldi
So'nggi vaqtda negadir
ko'proq yolg'iz yurarkan
Laylak qor yoqqanida to'yib
to'yib yig'larkan
Yoz oylarixam yolg'iz
dengizlarga borarkan
Qirg'oqlardan erinmay
chig'anoqlar terarkan
Avvalgidek shirinmas ekan
uning so'zlari
Mayus tortib qolibdi xatto
xumor ko'zlari
Oxir chiday olmasdan joniga
qasd qilibdi
Tig'ni olib qo'liga tomirlarin
tilibdi
Yiqilibdi shu onda ul bevafo
go'zal yor
Qonga belanib qopti zamin
uzra yoqqan qor
Bevafoyim go'zalim nega meni
tark etding
Bechora oshig'ingni sen
yolg'iz tashlab ketding
Juda qattiq sevardim tashlab
ketgan bo'lsangda
Unutolmayman seni gar
marxuma bo'lsangda
Huzuringga borgandim ey
bevafo go'zal yor
Qabring ustiga tinmay yog'ar
edi Laylak qor...
O'ksib o'ksib yig'ladim
bag'ring bosib bag'rimga
Bevafo bo'lsangda sen yetar
eding qadrimga
Xotiralarni qo'zg'ab endi
yog'ma Laylak qor...
O'rik qiyg'oz gulladi kapalaklar
kelishdi
Gullar ifor taratib bahorligin
aytishdi
Quvonch baxshida etar ushbu
fasl maftunkor
Menchi g'arib qabringga ko'z
tikaman umidvor
Qabring ustida jonim lola
bo'lib ochilsang
Asta asta uzilib men tomonga
sochilsang
Nega qaldirg'och bo'lib in
qurmaysan uyimga
Qanoting qoqib maxzun bo'y
urmaysan bo'yimga
Xech bo'lmasa samodan ko'z
tikmaysan men tomon
Tushlarimga xam kirmay
rangim aylading samon
Ayni damda xotira
qiynamoqda dilimni
Bog'da sen uchun ekkan
uzgim kelmas gulimni
Seni eslatib turar xatto ona
tabiat
O'ylayman go'yo senga
yaralgandek muhabbat
Kuz boshlanar to'stadan
qalbim sarg'ayib qolar
Barg o'rniga orzular bitta bitta
to'kilar
Xazondek rang kasb etgan
mening xasta yuragim
Tezroq yoninga borish
mening yolg'iz istagim
So'ramayman kerakmas yonib
turgan yulduzlar
Mayli muhimxam emas xatto
kecha kunduzlar
Qaniydi porlab tursa mangu
yumuq ko'zlaring
O'zim ko'rib tursaydim xar bir
bosgan izlaring
Sen bilan nafas olsam bu
musaffo xavodan
Seni tortib olsaydim shavqatsiz
bu samodan
Qor yog'adi maydalab
qabringustiga jonim
Azob bo'lar bu tarzda xar bir
o'tkazgan onim
Sovqattimi jonginam
nozikkina qo'llaring
Naxot endi ko'rmaysan qor
to'shalgan yo'llaring
Shu qabr ichra erkam men
yotsam bo'lmasmidi
Gar xayot bo'lsang ekkan
gullaring so'lmasmidi
Xa bilmaysan nozigim sen
ekkan gullar so'lgan
Sening yo'qliging bilgach ular
xam tamom bo'lgan
Sensiz go'zalim gulim tinmay
yig'lar bu yurak
Bunday g'am chekib yashash
ayginchi kimga kerak
Go'yo tirik murdadir qiyofam
xozir mening
Qanchalar ko'rgim kelar
charos ko'zlaring sening
Yashayapman yuzimda sohta
tabassum bilan
Qalb to'la zardobligin faqat
o'zim bilaman
Qaniydi imkon bo'lsa sen
tomonga uchardim
Ushlab olib qo'lingdan keyin
maxkam quchardim
Xechkimga bermas edim
ushlab olsam qo'lingdan
Qo'yib yubormas edim o'shal
nozik belingdan
Ammo qachon keladi men
kutgan o'sha laxza
Xardam umid qilaman bo'lar
deb bir mo'jiza
Yodimdadir azizam biz yurib
o'tgan yo'llar
Qirg'oqlarda chopib biz sayr
etgan ko'llar
Xar doyimgidek yana o'rik
qiyg'oz gullaydi
Kapalaklar parvona atrofida
bo'ylaydi
Sezib turaman guldan ari asal
yig'adi
Biroq tinmayin yurak o'ksib
o'ksib yig'laydi
Tuyilaverar menga kamdek
kimdir nimadir
Bu senliging bilsamda til
aytishga ojizdir
Mayli azizam endi alvido
deyman senga
Baribir yolvorsamda xechxam
qaytmaysan menga
O'rik qiyg'oz gulladi kapalaklar
kelishdi
Gullar ifor taratib bahorligin
aytishdi
Afsuski armon senga o'rikning
qiyg'oz guli
Xotiralarni qo'zg'ab endi
yog'ma Laylak qor
O'tinaman jon Laylak qor
xotiralarimni qo'zg'atib
Menga uni eslatma ortiq
qiynalishni xoxlamayman...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев