Va yoki zerikkanda ovunchoq. Axir ishonmoq mumkin sevgiga qandoq. Bu zamon sevgisidan hayratlanaman.
Bittasin sevadi, ikkinchisin ham. Yangisi topilsa eskisiga dam. Haqiqiy oshiqning ko'zlarida nam. Bu zamon sevgisidan hayratlanaman.
Nega bittasiga qilmaslar toqat. Ular uchun muhimmas ishqqa sadoqat. Deydilar ko'raylik rohat, farog'at. Bu zamon sevgisidan hayratlanaman.
Qani Layli, qani Majnun, qani Farhod-u Shirin. Hozir tanimaslar hatto bulardan birin. Ulardek oshiqlarni bugun topmoqlik qiyin. Bu zamon sevgisidan hayratlanaman.
Yuradi ko'cha-ko'yda og'iz burun o'pishib. Ertasiga turadi boshqasiga yopishib. Ba'zan yana eskilari qolar topishib. Bu zamon sevgisidan hayratlanaman.
Sevgi nima bu zamonda bilib bo'lmaydi. Bu zamon sevgisidan ko'ngil to'lmaydi. Sevgi ermagida hechkim ortta qolmaydi. Zamonamning sevgisidan hayratlanaman
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев