Shuningdek, qo‘mitada ish ko‘rib chiqilayotgan vaqtda jazo engilroq bo‘lishi uchun “Navbahor lochinlari” futbol klubi va shaxsan Samvel Babayanni OAV vakillaridan uzr so‘rashga chaqiradi. Bunga qadar ham matbuot anjumanida ko‘ngilsiz voqea keltirib chiqargan, biroq keyinchalik o‘z aybiga iqrorligidan kelib chiqib, qayta akkreditatsiya berilgan Farhod Umaraliyevning akkreditatsiyasi ham qaytarib olinadi va u O‘zPFL musobaqalari uchun ro‘yxatdan qayta o‘tkazilmaydi. Mazkur shaxs matbuot anjumanida ishtirok etgani aniqlansa, har qanday mezbon klub jarimaga tortiladi.
Manba: @UZPFL
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1