Salom meni sevolmagan qiz.
O’rik pishib tagiga tushdi,
Meni hamon sevolmadingiz.
Salom hayot men yana qaytdim,
Faqat endi yuraksiz bo’lib.
Menga hamma kerak bo’lgan payt,
Qolmadimmi keraksiz bo’lib.
Dunyo mening yirtiq ko’ylagim,
Endi uni yechib tashlayman.
Bo’ldi odam bo’lib yashash yo’q,
Endi shoir bo’lib yashayman.
Balandparvoz gapdan bo’l yiroq,
O’ldim-kuydim barii dahmaza.
Bitta masum go’dak ko’zidan,
Bu dunyoga qarasang maza.
Umr asli daryoga o’xshar,
Insonmizda ketganmiz ko’nib.
Goh mavjlanib to’lqinlanamiz,
Goh qirg’oqda qolamiz tinib. Men nolimay yashayman tangrim,
Lekin dilda biroz alam bor.
Bordan bori ota-onam va
Bitta qog’oz bitta qalam bor. Ko’nglimni-ku yozsa bo’ladi,
She`r yozishni qayeri xavas. Shoirman deb kerilib ketib, Har narsani yozish yaxshimas.
Lek bexato yashash shart do’stim,
Bu dunyoga kelmaymiz yana. So’zlarimdan zeriktingizmi,
She`rim tamom ketyapman mana.
Hayr mening dushmanim dunyo,
Hayr meni sevolmagan qiz.
Xato qildim deysiz siz hali,
O’g’lingizga ismim qo’yasiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев