Предыдущая публикация
Ishon, koʻz yoshimni koʻrmaydi hech kim!
Endi dunyoyingni suv bosganda ham,
Faqat jim boʻlaman, endi faqat jim!
Mehrga choʻktirib qoʻydimmi,
Kechir!
Mendek sevolmaydi hech qachon hech kim!
Endi hammasiga qilgancha sabr,
Endi jim boʻlaman, endi faqat jim!
Sendan ishq tilangan koʻngilman zoxir,
Illo alamlari boʻgʻzimgacha lim.
Boʻzlay-boʻzlayverib, nihoyat, oxir,
Endi jim boʻlaman, endi faqat jim!
Balki bor-yoʻqligim senga chikori,
Balki bu sevgida men yolgʻiz edim.
Senga tuygʻularning boʻlmasa kori,
Endi jim boʻlaman, endi faqat jim!
Bir koʻngil ketmoqda qoshingdan dilxun,
Hatto ozorlaring hushifor, soʻlim.
Qachondir axtarib qolmogʻing uchun,
Endi jim boʻlaman, endi faqat jim!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев