Предыдущая публикация
Uchqir ulovimga minmaydi alam,
Balki oramizdan ming yil oʻtsa ham,
Men uchun dunyoda yoʻqsiz shunchaki...
Soyabon olmadim...
Yogʻmoqda yomgʻir,
Shalabbo boʻldimmi, demakki taqdir,
Hademay kamalak chiqadi axir,
Siz esa men uchun yoʻqsiz, shunchaki...
Osmon boshginamdan sepaversin qor,
Sizdan kelaversin sovuqlar takror,
Ishoning, bir kun ham kechikmas bahor,
Siz esa men uchun yoʻqsiz, shunchaki...
Qishda muzlamayman, soʻlmayman kuzda,
Hech haqqi qolmadi koʻz yoshni bizda,
Jon fido qilishga arzimaysizda,
Siz esa men uchun yoʻqsiz, shunchaki...
Yaxshiyam yaxshilar yashar yonimda,
Yelka tutadilar ogʻir onimda,
Yaratganning oʻzi mehribonimda,
Siz esa men uchun yoʻqsiz, shunchaki...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев