Предыдущая публикация
Bila turib holimiz hayot,
Boshimizdan qorlar eladi.
Ayoz qahri emas umrbod,
Hali yaxshi kunlar keladi.
Qarg‘a izi uzilmay qirdan,
Qizg‘aldoqlar qiyg‘os gulladi.
Gulga ko‘mib olamni birdan,
Hali yaxshi kunlar keladi.
Meva bitar bizning bog‘da ham,
Shabodalar shodon yeladi.
Yig‘lab o‘tgan tunlarga malham
Hali yaxshi kunlar keladi.
Qara, hilol chiqmish bu oqshom,
Bildim, ko‘ngling nima tiladi –
Men o‘g‘limga axtaraman nom,
Hali yaxshi kunlar keladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1