do‘stsan”, deymiz-
u, davomida “…
lekin, men uchun
bundan ortiq hech
kim bo‘la
olmaysan”,
deyishni
unutamiz…
“Uzr, band edim,
qo‘ng‘irog‘ingga
javob bera
olmadim”, deymiz –
qachonki, bizga
qo‘ng‘iroq
egasining ovozini
eshitish ortiq
yoqimli bo‘lmay
qolganda…
Kimdirdan hech
narsa talab qila
olmaganimizda –
“Endi, sendan
menga hech narsa
kerak emas”,
deymiz…
“Yashashdan
maqsadim
qolmadi”, deymiz –
chunki, kimdir bu
fikrimiz xato
ekanligini
ta’kidlashini
xohlaymiz…
Qachonki “Seni
sevaman”, deya
olmasak –
“Borliging uchun
raxmat”, deymiz…
Kimgadir kerak
bo‘lishni
xohlaymiz-u, lekin
uddasidan chiqa
olmay – “Men hech
kimga kerak
emasman”, deb
noliymiz…
Yordam
so‘rashdan uyalib
– “Amallayman”,
deb aldaymiz…
Boshqa imkonimiz
qolmaganda,
ancha payt intilgan
orzularimiz haqida
“Bu asosiysi emas
edi”, deb
qutulamiz…
Aldanib qolishdan
qo‘rqamiz, lekin
“Senga
ishonaman”,
deymiz…
Tilimiz uchida hech
qachon aytilmagan
uch donagina so‘z
turadi-yu, boshqa
zarur bo‘lmagan
narsalar haqida
so‘zlaymiz;
ko‘zlariga termulib,
uch dona so‘zni
unutib, sukut
saqlaymiz…
Hayot go‘zal
ekanligini
ta’kidlaymiz-da,
tezda yana bir
shisha aroq olib
kelgani
yuguramiz…
Boshqalarning
fikrini qabul
qilmaymiz, lekin
baribir “Ko‘rinishim
qanaqa”, deya
so‘raymiz…
…G‘alati
odamlarmiz…
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2