Homilador ayol badanini har doim toza tutishi kerak. Badan kir bo’lsa, turli mikroorganizmlar ko’payib, terining yiringli kasalliklari paydo bo’ladi.Badan terisida yiringli yara-chaqalar bo’lishi esa ayolning o’zi uchun ham, qorindagi homilasi uchun ham xavflidir. Har kuni ertalab qo’l, yuz, bo’yinni yuvish bilan kifoyalanmay, badanni avval ho’l sochiq bilan, keyin quruq sochiq bilan yaxshilab artish lozim. Kechqurun qo’l, yuz, oyoqni yuvib yotish shart. Tirnoqni o’stirib yurmay, vaqti-vaqti bilan olib turish kerak. Badanni har kuni shu zaylda tozalab artib turishdan tashqari, kamida haftasiga 1 marta, yoz oylarida esa har kuni cho’milib boorish lozim. Hammomga tushib, badanni bug’ga toblash ham o’rinli emas, bu davrda faqat dushga tushib turgan ma’qul.
Tashqi jinsiy organlarni toza tutishga ayniqsa katta e’tibor berish kerak.Ertalab va kechqurun ayoliliq suv va sovun bilan tahorat olishi darkor. Tahoratdan so’ng artiniladigan sochiqni alohida saqlab, vaqti-vaqtida qaynatib yuvib turish, quriganidan keyin esa dazmollash lozim.
Ichki kiyim, choyshab va yostiq jildlari kam deganda haftasiga bir marta almashtirilib turiladi. Kechasi yupqa vakeng ich ko’ylak kiyib yotish o’rinlidir. Homilador ayolning yotadigan orni alohida vaqulay bo’lishi kerak. Ustkikiyim ham keng, mo’lginava oson yuviladigan bo’lmog’i lozim. Badanni siqib qo’yadigan belbog’ va rezina tasmalardan voz kechmoq lozim. Homiladorlikning beshinchi oyidan boshlab maxsus bandaj bog’lab yurish tavsiya etiladi. Poyafzal oyoqni siqmaydigan, poshnasi past bo’lishi shart. Homiladorlik davrida sut bezlariga qarab turilsa, ular yaxshi yetilib boradi va ayol mastit bo’lmaydi. Sut bezlar va uchlarini bolalar sovuni bilan uy temperaturasidagi qaynagan suvda yuvib, keyin toza sochiq bilan artish lozim. Ko’krak chiniqadi deb turli moy dorilar, spirt, atir surtish yaramaydi. Ko’krak uchi yassi va ichiga tortilgan bo’lsa, homiladorlikning so’nggi ikki oyi davomidahar kuni 3-4 minutdan 2-3mahal toza qo’l bilan massaj qilib turish kerak.
Homiladorlik normal o’tayotgan bo’lsa odatdagi turmush tarzini o’zgartirish kerak emas. Ayol o’z yumushlarini dam olib-dam olib bajaraverishi mumkin. Faqat og’ir narsa ko’tarmaslik, qaltis, keskin harakatlar qilmasligi kerak.
Tiniqib uxlashning katta ahamiyati bor, ayol kamida 8 soat uxlashi kerak. Kechqurun yotishdan oldin ochiq havoda bir oz sayr qilish va xonani shamollatish tavsiya etiladi. Sog’lom homiladorlarga vrach tavsiyasiga ko’ra havo va quyosh vannalari qabul qilishiga ruxsat etiladi. Homiladorlik normal o’tayotgan bo’lsagina ayol ochiq suv havzalarida cho’milishi mumkin. Homiladorlikning birinchi kunlaridan boshlaboq ochiq havoda imkoni boricha ko’proq bo’lishga harakat qilish lozim, chunki odam uy ichida o’tiraversa, kislorodga yolchimay qolishi, natijada har xil asoratlar yuz berishi mumkin.
Homiladorlikning eson-omon o’tishi va homilaning yaxshi rivojlanib borishi uchun asosiy shartlardan biri yaxshi ovqatlanishdir. Homiladorlikning oxirgi oylarida yog’lik va xamir ovqatlarni ko’p tanovvul qilish yaramaydi, chunki bunday ovqat homilaningancha kattalashib ketishi va tug’ishning qiyinlashibqolishiga sabab bo’lishi mumkin.
Homilador ayol kuniga 4 mahal ovqatlanishi lozim.Ko’pincha ayollarda homiladorlikning dastlabki davrida ta’m bilish yo’qoladi; ko’ngil aynishi, qusish alomatlari kuzatiladi. Bular ayol sog’lig’iga putur yetkazmasdan o’z holichaham o’tib ketishi mumkin. Homilaning rivojlanib borishi uchun zarur oziq moddalar (kaltsiy, oqsillar, vitaminlar) sutda bo’lganligi uchun og’ir oyoq ayollarga sut ichib turish tavsiya etiladi. Sutni ko’ngli ko’tarmaydigan ayollar sut mahsulotlari- tvorog, suzma, qattiq, pishloq iste’mol qilib turishi lozim. Ayolda homiladorlik normal o’tayotgan bo’lsa odatdagi ovqatlarni yeyaverishi mumkin.. ovqat xilma xil va to’yimli bo’lmog’i darkor. Ayrim oziq moddalar (oqsillar, yog’lar, uglevodlar) ovqatda to’g’ri nisbatda bo’lishi lozim. Ovqatda vitaminlar, ayniqsa vitamin C yetarli bo’lishi kerak, shuning uchun sabzavot va ho’l mevalarni ko’proq yeyish zarur. Ovqat yaxshi hazm bo’ladigan, qorinni dam qilmaydigan bo’lishi, achchiq va sho’r bo’lmasligi kerak. Sog’liq o’zgargan ba’zi hollarda, masalan, badanga shish kelganida vrach odatda tuzsiz parhez buyuradi. Homilador ayol yengil badan tarbiya mashqlarini qilib turishi lozim. Muntazam harakatda bo’lib turadigan, badan tarbiya mashqlarini qilib turuvchiayollarning tez va oson ko’zi yoriydi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2