Qiz juda chiroyli edi. Boshqa qizlardan farqli ravishda hayotga özgacha nigoh ila qarardi. 19 yoshli sohibjamol qizni tabiiy ravishda sevuvchilar ham bisyor edi. Lekin uni atrofdagi yigitlar umuman qiziqtirmas, qanaqadir özgacha bir sevgini kutardi. Yuragining tub- tubidan uning kelishini ham his etib turardi. Bir kuni darsga kelganida, partasining ustida turgan qip-
qizil atirgulni kördi. Gul bandiga biriktirilgan
qog'ozchaga atiga ikki jumla yozilgandi: "Hayot
gözal..." Negadir qizning lablarida tabassum
uyg'ondi... Keyingi kunlarda yana bir-ikki bor bu
holat takrorlandi. Qip- qizil atirgul va doimgi bir
xil dastxat. Qiz bu gullarning sohibi kim
ekanligiga judayam qiziqardi... Kunlarning birida
qiz uyqudan uyg'onib, derazadan köchaga
qaradi va birdan özgacha hayajonlanib ketdi.
Röparadagi dökonchaning oppoq devoriga har
xil böyoqlarda katta qilib yurak shakli chizilgan,
uning ichiga qiz ismining bosh harfi yozilgandi.
Eng ajoyibi esa, surat tagiga ösha sirli dastxat
qöyilgandi: "Hayot gözal..." Qiz endi doim ösha
sirli yigit haqida öylardi. Uning özini kuzatib
yurganligini ham yaxshi bilardi. Odamlar
orasidan uning qiyofasini axtarardi. Avvallari
doim öychan yuradigan qiz endi kulib, jilmayib
yurar, bu tabassumi uni yanada jozibador
körsatardi. Qiz öziga yuborilayotgan har bir gulni
qöliga olib zavqlanar, chindan unga hayot
judayam gözal körinardi. Bahor tonglarining
birida velosipedda sayrga chiqqan qiz musaffo
havo va xiyobondagi yashil gözallikdan
zavqlanardi. Lekin velosiped g'ildiraklarini
harakatlantiruvchi zanjir örnidan chiqib ketib, qiz
töxtashga majbur böldi. U zanjirni joyiga
örnatishga urinardi-yu buni hech eplolmasdi. -
Balki yordamim kerakdir? Qiz yoniga kelib
töxtagan velosipedli yigitga qaradi. - Yöq,
özim... - Mana bunday qilish kerak, - yigit
qizning velosipedi zanjirini örniga qöydi, - Ana
böldi. - Rahmat! Qiz yigitga e'tibor bilan qaradi.
Yigit böy-basti kelishgan, körkamgina yigit edi.
"Ayniqsa kulishi öziga juda yarasharkan",-
öylardi qiz. - Arzimaydi. Yigit öz velosipediga
ötirib, qanaqadir yoqimli kuyni xushtak qilib
chalganicha qizdan uzoqlashdi. Qiz esa uning
ortidan bir zum termulib qoldi... Qizga atirgullar
kela boshlaganiga bir oydan oshgandi. Lekin, qiz
haligacha ösha sirli yigitning kimligini bilolmasdi.
Shunday kunlarning birida qiz u- bu ishlar bilan
ushlanib, judayam kechga qolib ketdi. Aksiga
olib havoning avzoyi buzuq, kuchli
momaqaldiroq bölayotgandi. Qiz taksi ushlash
maqsadida kollej yonidagi bekatga kelganida
allaqachon öta shiddatli yomg'ir boshlangandi.
Uyi yaqin-u bunaqa paytda yolg'iz ketishga ham
qörqib turgandi. Kamiga bekatda hech kim yöq,
osmonni qoplagan qop- qora bulutlar atrofni
yanada qorong'u körsatardi. Hammasidan
momaqaldiroqning vahimali ovozi qizni
chöchitardi. Shu mahalda unga tanish, yoqimli
ovoz eshitildi: - Balki yordamim kerakdir? Bu
ösha tongdagi velosipedli yigit edi. Qiz juda
sevindi. Bu ösha yigitni yana körganligi uchunmi
yoki boshqa sababdanmi özi ham bilmasdi.
Lekin yigitga dilidagini aytmadi: - Yöq, özim ...
Yigit ham jilmaydi: - Yomg'ir hali-beri tinmaydi.
- Nima, meni mashinangizda uyimgacha kuzatib
qöymoqchimisiz? - Menda yaxshiroq fikr bor.
Yigit shoshib qayergadir yugurib ketdiyu, zumda
qaytib keldi: - Xösh, qalay? Qiz yigitning qölidagi
oq va pushti rangli soyabonlarni körib jilmaydi. -
Bahor oylarida yomg'ir mahali piyoda yurish
zavqli,- dedi yigit. Ular yonma-yon ketib
borisharkan, qiz öziga yuborilayotgan gullarning
sohibi shu yigit ekanligini öylay boshladi. Buni
tekshirib körish uchun yigitga savol berdi: - Siz
yölingizda uchragan har bir qizga shunaqa
yordam qilasizmi? - Har biriga emas ...
hammasiga. Ular kulishdi. Qiz uyi tomon
ketishayotganda ikki tomonga ketgan köchaning
yigit qaysi tarafga burilishiga juda
qiziqayotgandi. Muyulishda yigit qizning uyi taraf
burilgach, qiz sevindi. "Bu ösha yigit", - öylardi -
Menimcha uyingiz shu tarafda bölsa kerak.
Chunki narigi tarafda shifoxona va boshqa
binolar, atiga bir-ikki xovli bor. Adashmasam
tög'ri ketyapmiz,- qizning fikrini öqigandek javob
berdi yigit. - Ha, yaqin qoldi, - xunob böldi qiz, -
aytingchi, hayotni qanday ta'riflaysiz? -
Menimcha bunaqa sharoit va vaqt uchun noörin
savol,- kuldi yigit. Ular qizning uyiga
yaqinlashishgandi. - Buyog'iga özim ketaman,
sizga katta rahmat. - Soyabon sizda qola qolsin,
menga oq ranglisi köproq yoqadi. "Ey Xudo, -
hayolidan ötkazardi qiz, - mening pushti rangni
yoqtirishimni ham bilarkan!" - Mayli xayr, - yigit
ortga ön qadamlar tashlagach qiz uni töxtatdi: -
Hey! Yigit ögirilib qaradi. - Savolimga javob
bermadingiz. Yigit ösha yoqimli tabassumida
jilmaydi va baland ovozda baqirdi: - Hayot
gözal! Qizning yuragi juda- juda tez va baland
urardi. Qiz ayni damda baland musiqa
eshitayotgandek öz yuragining dukurini eshitib
turardi. U hayajonlanganidan yomg'irni ham
ilg'amasdi. U tanish yoqimli musiqani xushtak
qilib chalib ketayotgan yigitning ortidan qarab
qoldi... Ertasi kundan boshlab qizga negadir gul
kelmay qöydi. Qiz endi juda ham öychan bölib
qoldi. U yigit haqida kun-u tun öylardi. Xuddi
hozir balki yordamim kerakdir, deb paydo
böladigandek tuyulardi. Lekin yigitdan ham
atirgullardan ham darak bölmasdi. Shu bir-
necha kun ichida qiz özi bilmagan holda yig'lab
ham yuborardi. Ha, qiz sevib qolgandi. Lekin
buni hali özi bilmasdi. Nihoyat bir kuni ösha
kutilgan ovozni eshitdi: - Salom! - Salom, - javob
berdi qiz. - Biroz aylanib kelmaymizmi? - Bahor
oylarida yomg'irsiz havoda piyoda yurish ham
zavqlimi? - Albatta. Ular birinchi marta
körishishgan xiyobonni sayr qilishdi. Qiziq
mavzularda suhbatlashishdi. Nihoyat yigit qizga
bir dona qip-qizil atirgul tutdi. Qiz gulni oldiyu
uning bandiga köz yugurtirdi. Qog'ozcha yöq
edi. Savol nazdida yigitga qaradi. Yigit har
doimgidek kulib turardi. - Mana u, - yigit
qöllarini yozdi. Uning kaftiga böyoq bilan ösha
dastxat yozilgandi: "Hayot gözal..." Keyingi
kunlar xuddi shirin tush kabi tez ötardi. Qiz yigit
sevgi izhor qilganidan keyin özi ham uni
sevishini anglab yetdi. Chindan ular u-n hayot
judayam chiroyli va zavqli körinardi. Qiz
qachonlardir kutgan hayoliy röyo haqiqatga
aylanganidan baxtiyor edi. Juda ham chiroyli
muhabbat edi bu... Yigit rassom edi. Qizga juda
chiroyli tabiat manzaralarini körsatardi. Qiz
xuddi ertaklar olamiga tushib qolgandek baxt va
sevgidan sarmast yashardi. Yigit qizga portret
sovg'a qildi. Qiz öz suratiga qaradi. Judayam
nafis va chiroyli chizilgandi. - Nega meni bulutlar
orasida turibman? Söradi qiz. - Chunki sen
mening farishtamsan,- javob berdi yigit. Har bir
kuni gözal edi bu sevgining... Lekin öshanda qiz
hali özini oldinda nimalar kutayotganini
bilmasdi... Kuz kelgach, bir kuni ular odatiy
uchrashadigan xiyobonga yigit kelmadi. Qiz
ancha vaqt kutdi, xavotir oldi. Ertasiga yigit bilan
körishganida yigitning nimadandir xafaligini
payqadi. Yigit odatdagidek jilmayardi, lekin bu
tabassum ortida juda ham özgacha mahzunlik
sezilardi. - Nima böldi? - Hech narsa. Kecha
unutibman, kechir azizam. Shuncha vaqtdan
beri atiga yarim daqiqaga kechikmagan yigitning
uchrashishlarini unutib qöyishi mumkinligiga qiz
ishonmasdi. Lekin ösha kuni u hech narsa
demadi. Keyingi kunlarda ular yana odatdagidek
vaqtlarini xushchaqchaqlik bilan ötkazishardi.
Lekin qiz negadir yigitning közlariga boqqanida
yashirin bir ma'noni sezardi. Yigitning doimgi
tabassumi bu sirni qiz bilib olishiga imkon
bermasdi. Yigit qiz bilan köproq vaqt birga
bölishga urinardi. Soatlab yonma-yon
ötirardilar... Bir kuni qiz yana uzoq vaqt
xiyobonda yigitni kutib qoldi. Yigitdan xabar
bölavermagach ketmoqchi böldi. Lekin shu
vaqtda uzoqdan yigit körindi. - Salom, - dedi
yaqin kelgach. - Nega bunaqa yuryapsiz,
oyog'ingiz og'riyaptimi? - Ha, jin ursin,
velosipeddan yiqildim. Ular odatdagidek
örindiqqa ötirgan köyi, quyosh botishini
tomosha qildilar... Ösha ondayoq qizning yuragi
nimadandir öta g'ash edi. Balki, ösha kuni
qizning yuragi yigit bilan shunday sönggi bor
yonma- yon ötirganliklarini sezgandir... Ertasiga
qiz yigitning shifoxonada ekanligini eshitganida,
karaxt bölib qoldi. Ming xavotir ila tezda yetib
keldi. Uni yigitning yoniga qöyishmadi. Bilsa,
yigit juda og'ir kasal ekan. Kechagi kun tongda
kasali xuruj qilgan va kasalxonaga keltirishgan
ekan. - Unga yurish mumkin emasligini
aytgandik. Lekin u kechroq kasalxonadan qochib
ketibdi. Mana oqibati. U oyoqlarini his qilmaydi.
Shol... Qiz titrab ketdi. Közlariga quyilib
kelayotgan köz yoshlarini töxtata olmasdi.
Xamshiraning sönggi gaplari öta dahshatli ovoz
bölib, qizning quloqlari ostida jaranglardi: U
oyoqlarini his qilmaydi... Shol... Yigit uyg'ongach
qiz uning yoniga kirdi. Yigitning ahvolini körib,
battar siqildi. U yig'lardi, yigit közlarini shiftga
tikkancha gap boshladi: - Bilasanmi, seni birinchi
marta körganimda maktabda 7- sinf eding.
Öshanda pushti lenta taqvolganding... Yigit biroz
tin olgach davom etdi: - Biram chiroylisanki...
Sen bilan juda shirin hayot kechiraman deb
öylagandim... Buni qara, baribir peshonaga
yozgani bölarkan... - Bas qiling! Qiz köz
yoshlariga erk berdi. Juda ham ezilib yig'lardi. -
Yig'lama. Beri kel, muhim bir gap aytaman. Qiz
yigit aytgandek qildi. Yigit qizning yuzini
silagancha shunday dedi: - Qachon hayotda
nimadandir siqilsang, kimnidir sog'insang, köz
yoshlaringni mana bunday qilib sidirib tashla, -
yigit barmoqlari bilan qizning közlaridagi yoshni
artdi,- Chunki hayot gözal... Qiz shu kuni tongga
qadar yig'ladi. Ösha tunda u yigitni qanchalar
sevishini tushundi. "Men baribir umrbod u bilan
qolaman",- qaror qildi qiz. Ertasiga shifoxonaga
kelgan qiz yigitni topolmadi. Unga yigitni tongda
Germaniyaga olib ketishganligini aytishdi. Qiz
holsiz devorga suyanib qoldi. Uning boshida
million xil hayollar aylanardi. Nega? Öylardi u.
Shu mahalda unga bir xamshira qip- qizil atirgul
keltirib berdi. Qiz yigit bergan sönggi gul
bandidagi qog'ozchani titragan qöllari bilan
arang ochdi. Unda shunday yozilgandi: "
Bilasanmi, doktorlar mening tirik qolishimga
deyarli umid yöq deyishdi. Insult xavfi kundan-
kun oshib borarkan. Sen meni baribir tashlab
ketmasding. Men esa sening judayam baxtli
bölishingni istayman... Men juda uzoqqa
ketyapman. Bilasan-a, seni judayam sevaman.
Agar sen ham meni zarracha sevsang, ötinaman,
men uchun ham baxtli hayot kechir. Sira ham
yig'lama. Yig'laganingda meni yuragim
og'riyotgan böladi. Kelishdikmi? Men uchun esa
baribir hayot gözal. Ehtimol, ertaga uyqudan
uyg'onmasman, lekin hayotim juda gözal.
Chunki unda sen borsan..." Qiz maktubni
quchganicha juda uzoq yig'ladi... Qiz ikki yil
yigitning xotirasi bilan yashadi. Keyin yigit
aytganidek yashashga harakat qildi. Bir yigitga
turmushga chiqdi. Ammo uning hayollari tubida
hamon eski xotiralar hukmronlik qilardi. Har
lahzada uni yod qilib yashardi. Ög'illik bölganida,
unga yigitning ismini qöydi... Taqdir qizga hali
ancha sinovlarni tayyorlab qöygan ekan.
Farzandi tug'ilgach köp ötmasdan, eri
avtohalokat tufayli dunyodan köz yumdi. Qiz
tag'in köz yoshlari tubiga g'arq böldi. 4 yil vaqt
ötib ketdi. Endi qizning hayotdagi bori ög'li va
xotiralari edi. O'g'lini bog'chaga kuzatib
qo'ygach, qiz bir vaqtlar yigit bilan uchrashuv
joyi bo'lgan xiyobonga keldi. Uzoq ötirdi. "Hayot
gözal" deb, kulib turadigan yigitning qiyofasini
köz oldiga keltirdi. Oradan shuncha 8 yil ötgan
bölsada, uning muhabbati bir qatra bölsin,
kamaymagandi... Uyga kelgach, yuragi
sog'inchdan boshqacha urayotganligini his qildi
va özi "shirin xotiralar" deb ataydigan qutini
ochdi. Özining portreti, ösha pushti zontik,
dastxatlar... Hamma- hammasini bir-bir körib
chiqdi. Uyga kirib kelgan ög'il oyisining
yig'layotganini kördi. U sekin oyisining yoniga
keldi. - Oyi, qachon hayotda nimadandir
siqilsangiz, kimnidir sog'insangiz, köz yoshlarni
mana bunday sidirib tashlang... Qiz köz
yoshlarini artayotgan ög'liga hayrat bilan tikilib
qoldi. - Buni kim... kim aytdi? - Bir amaki
oyingni sira ham yig'latma dedilar, rasm
chizishni ham örgatdilar. Qizning yuragi
qachonlardir yigit yomg'irli kechada "Hayot
gözal" deganidagi kabi zarbli urardi. "Nahotki u
tirik bölsa?" Qiz tonggacha mijja qoqmadi.
Allohdan umidlari puch bölib chiqmasligini
söradi. Ertasi kun bog'chaga borib, rasm
murabbiyini söradi. Uni bir xonaga kuzatib
qöyishdi. Xonaga kirgan qiz burchakda turgan
yangi chizilgan suratni tanidi. Qachonlardir
tongda uyg'onganida dökoncha devoriga
chizilgan yurak shakli edi bu. Qiz judayam
hayajonlanardi. - Balki yordamim kerakdir?
G'alati ovoz, qiz 8 yil kutgan ovoz eshitildi.
Ögirilganida qarshisida ösha rom qiluvchi
tabassumi bilan yigit turardi... Yigitni Berlinda 3
yil davomida davolashgan, keyin 2 yilga yaqin
nogironlik aravachasida yashagan, nihot keyin
butunlay sog'ayib ketgandi. Ular ancha vaqt bir-
birlariga termulib qoldilar. Qizning sakkiz yil
oldingidek chiroyi yigitning ösha vaqtlardagidek
jozibador tabassumiga qarshi turardi. Qiz shu
yillar ichida ilk marta sevinganidan yig'lardi. Yigit
qizga yaqin keldi. - Qachondir nimadandir
siqilsang, kimnidir sog'insang, köz yoshlarni
mana bunday sidirib tashla... Keyingi jumlani
ular baravariga aytishdi: - CHUNKI HAYOT
GÖZAL...