23 yoshli yigit bor edi. Uning
oilasi, ota onasi badavlat obro’li kishilar edi.
Komilning bir singlisi bor. Komil judayam yengil
hayotga berilgan,do’stlari do’stlari bilan o’yin
kulgu ko’ngilxushlik qilib yurishga odatlangan edi. U universitetda o’qirdi lekin o’qishga
muntazam qatnamasdi. Otasi uni haddan
tashqari erkalatib yuborgan, o’qishni bitirgach
unga firma,do’konlar ochib berishni vada
qilgandi. Shuning uchun Komil hayotga yengil
ko’z bilan qarardi. Taqdir taqozosi bilanmi yoki Komilning iymoni zaifligi boismi uning inson
aslida shaytondan ham battar bo’lgan do’stlari
uni nasha chekishga o’rgatib qo’yishdi. Komil
nashani avval hidlab yurardi keyin chekishni
boshladi. Komilni bu qilig’ini do’stlaridan
boshqa hech kim bilmasdi. Bir kuni Komil universitetda 1 kursda o’qiydigan Nigora ismli
qizni uchratib qolardi. U juda chiroyli latofatli
qaddi qomati hurliqo o’zi juda soda bo’lgan qiz
edi. Komil uni ko’rib uni o’zicha yoqtirib qoladi.
Aslida bu yoqtirish emas balki shaytoniy nafs
edi. Komil Nigorani ko’riboq u bilan ko’ngilxushlik qilish shu kabi jirkanch ishlarni
amalga oshirishdek g’arazli niyatda u qizni
avrashga aldap suldap o’zini farishtadek qilib
ko’rsatib u bilan do’st tutinishga kirishadi. Komil
bazi bir narsalarni bahona qilib Nigora bilan
tanishadi. Ular do’st tutinadilar. Komil huddi aktyorlardek oshiq ro’lini o’ynashni boshlaydi.
Oradan 2 oy vaqt o’tgach Komil Nigoraga soxta
sevgisini izxor qiladi. Unga oltin tog’larni unga
uylanishni vada qiladi. Bechora sodda qiz esa bu
gaplarga chippa chin ishonadi. Nigora Komilni
jonidan ortiq sevib qoladi. Komil esa hamon o’sha shaytoniy niyatda edi. Bir kuni Nigora
tasodifan Komilni chekayotganini ko’rib qoladi.
Nigora uni sigareta deb o’ylaydi. Komilning do’sti
Aziz Nigoraga bor haqiqatni Komil nasha
chekishini, Nigorani sevmasligini u bilan
ko’ngilxushlik uchun yurganini aytib beradi. Nigora bu gaplarga ishonmaydi. Komildan
so’raydi. Komil esa ha nasha chekaman nima
qibti deb aybini tan oladi. Lekin seni sevaman
bu odatimni tashlayman iltimos menga ishon u
do’stlarim meni boyligimni ko’ra olmaydi
alamidan shu gaplarni senga aytishgan deb Nigorani aldaydi. Nigora esa agar bu odatingizni
tashlamasangiz nasha chekayotganingizni
onangizga aytib beraman deydi. Komil esa hop
tashlayman faqat hech kimga aytmaslikni
uqtiradi. Lekin Komil Nigoradan havotirlanar
aytib qo’yadi deb qo’rqar edi. Oxir oqibat u Nigoradan qutulish payiga tushdi. Bir kuni u
Nigorani kinoga taklif qiladi. Nigora rozi bo’ladi
kechki payt taksida yo’lga chiqishdi. Taksichiga
shaharni chekka qismidagi bir joyga olib borishni
aytadi. Nigora: Voy qayoqqa ketyapmiz? Komil:
Qo’rqmang. Kino boshlanishiga ancha bor men hoz bir odamdan qarzim bor edi shuni berib
kelaylik keyin kinoga boramiz. Nigorani ko’ngli
xotirjam bo’lib yo’lda davom etishdi. Bird ala
ovloq joyda mashinani to’xtatdi. Taksichi amaki
mashinani to’xtatdi va Komil mashinaning
yukxonasidan lapatkani olib : Nigora sen mashinada o’tirib tur biz hozir kelamiz qarzimni
egasiga berib kelay. Sal nariroqqa borib Komil
taksichiga pichox niqtab dedi: Shu yerdan
chuqur kavla g’iring desang so’yaman deb uni
qo’rqitdi. Shafyor chuqurni kavlab bo’lgach Komil
baland ovozda Nigorani chaqirdi. Nigora yetib keldi va shu payt Komil uni haligi kavlangan
chuqurga itarib yubordi. Komil shafyorga: Tez tez
ko’m yo’qsa so’yaman. Nigora jon holatda baqirar
chuqurdan chiqishga urinar dod voy solardi.
Komil esa uni itarib yubordi va uni ustiga tuproq
tortib tiriklayin ko’mib tashladi. Oradan vaqtlar o’tib Komil qamaldi. Shafyor esa bo’lgan
voqeadan es xushini yo’qotib ruxiy kasalliklar
shifoxanasiga yotqizildi. Shafyor davolanib
chiqdi. Lekin ko’pincha Nigoraning o’sha
chuqurda yig’layotgani dod voy solishi ko’z
o’ngidan ketmas tushlariga ham kirib chiqar edi. Buni vijdon azobi deydilar. Nigora sodda qiz
soxta sevgining qurboni bo’ldi. Hikoya shu yerda
yakunlanadi. Alloh yomonlarga insof, yaxshilarga
panox bersin.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев