bo’lsamu,
Samodan sog’inch-la sizga
termulsam.
Roziman, baxtingiz yulduzi bo’lib,
Poyingizga gul misoli to’kilsam.
Roziman, tongingda quyosh
misoli,
Zulmatdan zerikkan qalbing
yoritsam.
Roziman, ostonang ostidan
jilmay,
Senga kelgan dard-u g’amni
aritsam.
Roziman, dardlarim siz ila
yengsam,
So’ngra qalblarimiz quvonchga
to’lsa.
Roziman, quvonchim, butun
hayotim,
Bir kun bo’lsa ham siz bilan o’tsa.
Roziman, kaftimda seni ko’tarib,
Yugursam-u, armon yeta olmasa.
Roziman, jonimga aylangan
joning,
Umrbod qalbim tark eta olmasa.
Roziman, borlig’im, qalbingiz
bo’lsam,
Bir umr siz bilan yonma-yon
yursam.
Roziman, gar jonim olsa Azroil,
Nurli ko’zlaringiz so’nggi bor
ko’rsam.
Roziman, sen bilan baxtni
anglasam,
Ovozing to mahshar sevib
tinglasam.
Bizni hatto o’lim ayirolmasa,
Uying ham, qabring ham, gulim,
men bo’lsam.
Roziman, men jonim, gulingiz
bo’lsam,
Yolg’iz siz-chun iforlarim
taratsam.
Roziman, kelajak baxtimiz uchun,
Bargimdan muhabbat qasrin
yaratsam.
Roziman, azizam, gulim bo’lsang-
u,
Hatto tikonlaring suyib ovunsam.
Baxtimdan entikib, baxtingdan
yayrab,
Xushbo’y iforingga har tong
yuvinsam.
Roziman, quyoshim, tongingiz
bo’lsam,
Har kuni entikib diydor
sog’insam.
Diydordan quvonib, ko’zlarim
yoshlab,
Maysalarga shudring bo’lib
to’kilsam.
Roziman, yo’l yursang, manziling
bo’lsam,
Ko’zing qarog’iga o’rnashib
qolsam.
Sen tomon intilib, qoshingga
chopib,
Sen bosgan maysani tumordek
bilsam.
Roziman, azizim, manzilim
bo’ling,
Faqatgina siz tomonga talpinsam.
Roziman, mayli, kech men sizni
topib,
Baxt yomg’irida siz-la cho’milsam.
Roziman, qalbimga bahordek
kirsang,
Kuzning hazonini tepkilab o‘tsam.
Qishdan musaffolik tilab sen
uchun,
Yozning yom’giridek sochlaring
o’psam.
Roziman, beg’ubor bahor
bo’lsam-u,
Bog’larda siz sevgan guldek
ochilsam.
Roziman, go’zalligim sizga baxsh
etib,
Bo’shingizdan yomg’ir bo’lib
sochilsam.
Roziman, go’zalim, boshimga
baxt qushi bo’lsang,
Gar o’lsam, sen uchun qayta
tirilsam.
Sevgi osmonida ishq tuprog’idan,
Baxtning haykalini sen-la
qurolsam.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1
Хозирги кунда кўпчиликда UZCARD пластик карталари мавжуд.
Ха деб *880# USSD код тераверишдан чарчадингизми?! Телеграм орқали онсонгина барчасини бошқаринг. (Туловлар, ўтказмалар, барчаси).
Яна бир қулайлиги Click уланган телефон ёнингизда бўлмаса хам телеграм орқали тўловларни амалга ошириш имкони мавжуд!
Буларнинг барчаси Click расмий ботда, мархамат ботга уланинг
https://t.me/clickuz?start=i_z72sn
CLICKUZ
+998712310880