Ota qiziga xatni berib, yigit haqida hammasini aytib berdi. Qiz maktubni ochib öqishga tushdi:
"" Bugun mendan nafratlanayotgan bölsang kerak. Ishonaver buning hecham ahamiyati yöq menga. Chunki bugun men seni yana hammadan birinchi tabriklayapman. Qanday omadim bora? Sen jinnisan, negaligini bilasanmi? Töying haqida aytmading menga. Lekin meni kimligimni unutib qöyding. Men quvnoq "folbin"manku. Baribir bilvoldim. Xuddi tug'ilgan kuningdagidek... Yodingdami, taqdirga ishonmayman derding. Men esa qölimni avval yuragim ustiga, keyin peshonamga qöyib buni taqdir deydilar derdim. Buning ma'nosini bilasanmi? Bu yurakdagi sevgi uchun taqdirga minnatdorlik.. Ha, men taqdirimdan minnatdorman. Ösha poyezdga kechiktirgani uchun... Seni menga uchratgani uchun...
Keyingi 5 oyda aqldan ozayozdim. Seni qidirib. Topganimda esa endi kech bölgan ekan...
Meni kechir... Sen baxtli bölishing kerak. Menga öxshagan surbet bilan taqdiring qöshilmagan ekan. Men senga hozir söz beraman. Meni endi hech qachon körmaysan, men esa seni hech qachon unutmayman. Chunki sen bunga loyiqsan. Sen ham menga va'da berishingni xohlayman. Baxtli bölaman deb söz ber. Sizni unutaman deb söz ber. Chunki men unutilishga loyiqman. Seni tashlab ketayotganim uchun ham...
Senga bir gapni köp aytishga ulgurmadim. Bugun sönggi bor aytaman: Men seni sevaman!
Sen baxtli bölishing kerak. Töying muborak bölsin...""
Qiz yig'lab-yig'lab xatni öqib tugatdi.
Otasi qizini yupatdi:
- U bugun Parijga uchib ketmoqchi. Bor qizim uni töxtat...
Qiz yig'lashdan töxtab, otasiga qaradi.
- Köchada taksi kutib turibdi. Ulgurishing kerak. Qolganini menga qöyib ber,- otasi qölini avval yuragi ustiga keyin peshonasiga olib bordida kuldi,- axir buni taqdir deydilar...
Qiz otasini quchoqladi:
- Rahmat, dadajon...
Keyin chopdi. U ketib qolmasligi kerak. Ketishga haqqi yöq. Qölidagi bejirim tumorni mahkam siqib taksiga ötirdi. Taksi aeroport tomon yöl oldi. Qiz esa hamon köz yoshlarini töxtata olmas va shivirlardi:
- Iltimos, ketib qolmang, bir martagina mening ham iltimosimni bajaring...
Taksi aeroportga yetib kelgach qiz shoshib ichkariga kirdi. Hamma yoqda odam. Qayerga borishini bilmasdi. Aeroport ichida esa operatorlarning yölovchilarga turli murojaatlari eshitilardi. Qiz nihoyat shoshilib nazorat punktiga keldi. Qöriqchilarning hay-haylashiga qaramay ichkarida ötirgan qizdan shoshib söradi:
- Opajon, Parijga samalyot uchmadimi hali?
- 347-reys bilan Toshkent-Parij yönalishida samalyot yarim soat oldin uchib ketdi.
- ...,- qiz özini yöqotib qöydi,- ketdimi?
U yigitning kulib turgan holatini köz oldiga keltirdi. Lekin u chindan kechikkandi. Samalyot allaqachon uchib ketgandi. Qiz odamlar gavjum bölgan kutish zalidagi örindiqlardan biriga borib ötirdi. "U ketib qoldi. Endi uni hech qachon körolmayman..."
- Iltimos, tumorimni qaytib ber,- yigitning ovozi eshitildi shu payt,- usiz samalyotga ham kech qoldim.
Qiz yigitga qaradi. Qölida bilet, chamadon... Unga kulib qarab turardi. Qiz uning quchog'iga otildi.
- Nega ketib qoldiz,- yig'lardi u.
- Ketib qoldi deb kim aytdi? Yuragimni tashlab qayerga ham ketardim,- uning sochlarini siladi yigit.
- Siz yomonsiz...
- Hm.
- Surbetsiz...
- Hm.
- Yana "hm"mi?
- Hm.
Ular kulib yuborishdi. Aeroportda esa hamma ularga qarardi. Qarayverishsin. AXIR BUNI TAQDIR DEYDILAR....Men uylayman inson chin qalbdan sevsa ularni taqdir albatta birlawtiradi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1