Предыдущая публикация
Azoblar kechalar yurakni takror.
Yashab yuribmanda bemaqsad, behol,
Ko’nglim bergan inson yolg’onlarga yor…
Qaniydi xotiram butkul yo’qolsa,
Chaqaloqdek hayotga qaytadan kelsam.
Yo azroil tezroq jonimni olsa,
Yo do’zah o’tida yugursam, yelsam…
“Sevish baxt, sev uni”, aytdi dunyoyim,
Tangrim jamolini sevgida ko’rdim.
Dardimga davo yo’q, endi dunyo jim,
Qachon nasib etar farahbahsh o’lim?!.
Majnun o’yin qilgan, Farhod aldagan,
Tohir zerikkandan daryoda oqqan,
Olamda yolg’iz men sevgidan kuyib,
Romeoga yori yolg’ondan yoqqan…
Yurakdagi zardob tizginsiz dengiz,
O’shal dengizimda cho’kib o’laman.
Taqdiri ilohiy yaratilganmiz,
Senla jannatlarda birga bo’laman!..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев