MADINADAGI AHVOLLARI.
Abu Bakr Siddiq Madinaga
ko‘chib borilganidan keyin ham
Rasululloh alayhissalomdan
ajralmay birgalikda hamkorlikda
bo‘ldilar. Rasululloh hazratlari
Abu Bakrni nihoyatda izzat,
hurmat etganlaridan qizlari
Oyisha onamizga uylandilar Bu
xususda Makkadalik vaqtlarida
ahd boylangan edi. Madinaga
ko‘chib borishganvdan keyin
dohil bo‘lganlar. Oyisha ona
Rasululloh hazratlarining eng
sevikli va qalblariga eng yaqin
ayollaridan edilar. Abu Bakr (r. a.)
Rasululloh alayhissalom bilan
birgalikda hamma g‘azotlarda
ishtirok etadilar. Badr jangida
Rasululloh hazratlari bilan
chodirda hamnishin edilar.
Harbiy asirlarni fidya, ya'ni pul
barobariga ozod etishlik fikrini
ham Abu Bakr taklif etgandilar.
Badr g‘azotida Abu Bakr
musulmonlarning ehtiyojlariga
qarab, o‘rtaga ushbu fikrni
tashlagan kimsa edilar. Bergan
maslahatlariga binoan asirlar
fidya muqobiliga ozod etilgandi.
Zero, o‘sha kunlarda
musulmonlar moliyaviy
holatlarining nochorligidan
mablag‘ga nihoyatda ehtiyojli
edilar. Buyuk qonunchi sallallohu
alayhi vasallam mana shu
maslahatga amal qilganlari
uchun Olloh taolo tomonidan
itob, ya'ni tanqid etilgandilar.
Uxud g‘azotida Abu Bakr
Rasululloh hazratlarining
himoyachilari ichida sobitqadam
turgandilar. Umumlashkar
parokandalikka uchrab, holat
og‘irlashgan bir paytda sarvari
olamni dushmanlar o‘qidan
bahodirona himoya etgan
shijoatli sahobalar safida Abu
Bakr Siddiq (r. a.) ham jonlari
ham ko‘zlariga ko‘rinmay, ilohiy
nur hidoyatchisining omonligi
yo‘lida sabotla mardona
turgandilar.
Xudaybiyya sulhida
munofiqlarning aldovlariga
tushib qolmay, ularga qarshi
keskin raddiya bergan
sahobalardan birlari Abu Bakr (r.
a.) bo‘lgandilar. Tabuk g‘azotida
esa eng katta bayroqning
bayroqdori vazifasida
qatnashgandilar. Hijratning
to‘qqizinchi yilida Rasululloh
hazratlari Abu Bakrni o‘zlariga
noib etib, hajga ketayotgan
karvonga xojiboshi qilib
tayinlagandilar. Abu Bakr juda
ko‘p musulmonlarga boshchilik
qilib hajga borib va u yerda
kishilarga haj farzlarini
o‘rgatgandilar. Abu Bakr Siddiq
(r. a.) hech bir fikrda va hech bir
maslahatda yo‘lboshchilari
bo‘lgan Rasululloh hazratlariga
ixtilofda abadiy bo‘lmaganlar.
Janob sarvari olam sallallohu
alayhi vassallamning
ko‘rsatmalaridan bo‘yin
tovlamay to‘xtovsiz ravishda
bajo keltirganlar. Biror ra'yilariga
qarshi o‘laroq fikr ham bildirgan
emasdilar. Qanday bir masala
ko‘ndalang kelmasun, har
qanday hodisa yuz bermasun
Rasululloh, hazratlari hamma
holda Abu Bakr (r. a.) uchun, o‘z
bolalaridan, ahli ayollaridan ko‘ra
va moli dunyolaridan ko‘ra ham
sevikliroq bo‘lardilar. Janob
risolat maob xushliklari boisida
Abu Bakr (r. a.) har bir
narsalaridan hech qanday
qaroxiyatsiz voz kecha olardilar.
Abu Bakr (r. a.) Ollohga bo‘lgan
iymonlarining natijasi o‘laroq,
uning payg‘ambariga mana
shunday jon fidoliklar qilardilar.
Rasululloh alayhissalom bir safar
Oyisha onamiz bilan o‘z
o‘rtalarida yuz bergan bir
voqeada hukm chiqarmoq uchun
Abu Bakrni chaqirtirib
kelganlarida Abu Bakrning
tutgan yo‘llari bunga eng yaxshi
misol bo‘la oladi. Rasululloh
alayhissalom Oyisha onamizga
qarab «men gapirib beraymi
yoki siz gapirasizmi?»
deganlarida, Oyisha onamiz «siz
gapiring, ammo faqat
haqiqatni ayting, deydilar.
Shunda Abu Bakr o‘rnilaridan
shartta turib qizlarining
yuziga tarsaki tushiradilar.
Va «Ey beadab, hali
Rasululloh haqiqatdan
tashqari gapni
gapirarmidilar!» deydilar.
Ehtimol mana shu xodisa va
bunga o‘xshash yuz bergan
hodisalar Abu Bakr (r. a.) ning
iymonlari janob risolat panoh
sallallohu alayhi vasallam vasf
etgan darajaga yetkanligiga dalil,
hujjat bo‘lib isbot etsa kerak.
Janob sarvari olam «Butun yer
yuzi aholisining iymoni Abu
Bakr iymoni bilan tarozuda
solishtirilganda, albatta,
uning iymoni ularning
iymonlaridan bosib ketgan
bo‘lardi», deb marhamat
etgandilar.
Hazrati Sodiqul amin
alayhissalom Abu Bakr
to‘g‘rilarida «agar men do‘st
tutadigan bo‘lsam edi,
albatta Abu Bakrni do‘st
tutardim. Lekin Islom
birodarligi o‘zi kifoya
qiladi», deganlarida Abu Bakr
sha'nlariga ko‘p gapirilgan
bo‘lmaydi. Balki janob risolat
maobning u janob haqlarida
«Quyosh chiqishi va
botishida Abu Bakrdan ko‘ra
boshqa yaxshiroq kimsaga
duch kelmaydi», demaklariga
ajablanmasa bo‘ladi. Abu Bakr
raziyallohu anhu zaiflarga
g‘oyatda shafqatli, xushxulq,
latofatli bo‘lishliklari bilan
birgalikda din dushmanlariga
benihoya qattikqo‘l edilar
Xususan, Madina shahriga to‘lib
kettan yahudiylarga nisbatan
chek siz nafrat-la shiddatli
muomalada bo‘lardilar. Ularning
tilyog‘lamaliklariga aldanib,
yolg‘on maqtovlariga uchib,
bergan ba'zi bir sovg‘alaridan
xush bo‘lib o‘zlarini yo‘qotib
qo‘ymasdilar Mo‘minlar buyoqda
qolib, ularni maqtashga o‘tib
ketmasdilar.
Rasululloh hazratlarining
payg‘ambarliklarshi o‘zi
tavrotdan o‘qib bilgani holda
inkor etganida Pinxos ismli
yahudiyga qattiq tanbeh
berganlari va «Olloh
kambag‘al, biz boymiz, Olloh
bizga muhtoj bo‘ladi», degan
vaqtida og‘ziga qarab ayamay
urganlari u janobning iymonlari
qanchalik quvvatli ekanligiga,
ishonchlari mustahkamligiga dalil
bo‘lolsa kerak. Xalifalik
mansabiga minganlaridan keyin
ahli riddalarga qarshi
urushmoqlik uchun muzokara
ketayotgan vaqtda tutgan
o‘rinlari u janobning sobitqadam
bir kishi ekanliklarini isbot etsa
kerak. Umar (r. a.) «Zakot
berishdan bosh tortganlarga
qarshi urushmang», deb
iltimos qilganlarida Abu Bakr
qatiy suratda rad etganlari va bu
bilan dinning haybatini va
sharafini saklab qolishda
o‘zlarini tutishlari u janobni
qanchalik sohibi ra'y kishi
ekanliklarnni ko‘rsatolsa kerak.
Qur'oni karim bir necha
mavzularda Abu Bakr Siddiq
sha'nlariga ishora qilgandur.
Surai Laylda shunday deyiladi:
«Bas, kimki bersa va o‘zi
taqvo qilsa, Islomni tasdiq
etsa, biz uni tezda osonlikka
yo‘llaymiz». Surai Nurda
qarindoshlarn bo‘lgan Mistah
bo‘hton qiluvchilarga qo‘shilib
Oyisha onamizni bo‘hton
qilganligi uchun unga
berayotgan ehsonlarini
bermayman deb qasam ichgan
paytlarida u janobga ishoratan
shunday deyilgan: «Sizlardan
bo‘lgan boylar va ne'mat
egalari qarindoshlariga,
miskinlarga va Ollohning
yo‘lidagi muxojirlarga ehson
qilmoqlikdan qasam
ichmasun. Ularni avf etsunlar
va kechirsunlar. O'zingiz ham
Olloh sizni kechirishini
istamaysizmi. Olloh
kechiruvchi mehribon
zotdur».
Ushbu oyat nozil bo‘lganidan
keyin Abu Bakr eshitgan
zahotlariyoq darhol uylariga
borib, oziq-ovqat va boshqa
narsa-lardan olib, qarindoshlari
Mistoxning hovlisiga ko‘tarib
jo‘nab qoldilar. Yo‘lda bora-
borguncha «Ollohning
mag‘firatini istayman,
Olloxning mag‘firatini
istayman», deb ketdilar.
Rasudulloh sallallohu
alayhivasallam, Abu Bakr (r. a.)
Najd o‘lkasidagi Bani Qilob
jangiga askarboshi qilib
yuborganlar. Shu kabi Fazora
jangiga ham askarboshi qilib
jo‘natganlar. Mazkur janglarda
Abu Bakr hazratlari kofirlar ila
shiddatli jang qilganlar va zafar
qozongan holda qaytib
kelganlar.
Xajjatul vado'da janob risolat
maob hazratlari arofotda
odamlarga xutba o‘qib turgan
onlarida Olloh taoloning:
«Bugun dinlaringizni
mukammal etdim va
ne'matlarimni sizlarga to‘la
ayladim, hamda sizlarga
Islomning din bo‘lishligiga
rozilik berdim» - degan oyati
nozil bo‘lgan vaqtida Abu Bakr
hazratlari yig‘lab «vahiy
to‘xtatishga yaqin qolibdi-
da», degandilar. Sevikli
habiblariga va murshidlariga
dorul fanodan dorul baqoga
safar etishga izn berilganligini
his etgandilar. Bir arab
shoirining baytini misolga
o‘qigandilar:
Har ish avjiga yetsa,
boshlandi puhsoni,
Quyosh chiqsa qiyomga
boshlangay zavoli.
Davomi bor InshaAlloh...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев