4— qism
Xonada sochlari qop qora qilib bo’yalgan, badani kinolardagi vampirlarnikidanda oppoq marmariy sovuq qarashli nigohi juda ma’yus yoshi aniq 19 lardagi ammo hayotda juda ko’p narsalarni ko’rib qo’yganidan o’zini tutishidan maroqla seziladigan qiz navbatchi kichik leytinant Murodovning ruparasida o’tirardi.
Qizning yalt etib eshik ortidan ko’ringan izquvar Shahriyorga qadalgach qizning tim qora ko’zlari o’zgacha tusda yaltirab ketdi.
— Slamalaykum. Qisqacha salom alikdan so’ng qizning ismi Malka ekanini. Millati Isroil davlati halqlariga borib taqalishini, bu shaharchada bo’layotgan xar bir hodisalarga yolg’iz o’zi sababchi ekanini aytib berdi.
— Xa men qotilman… dedi qiz bir nuqtaga termulib qolgan kuyi Shahriyor esa bunaqa sovuqqon nazarda aytilgan iqrordan ochig’I ajablandi,
— Siz hozir nima deyotganingizni tushunayabsizmi?
Qiz mayus NAzarovga qaradi . Murodov nimanidir tushundimi sekin tashqariga chiqib ularni yolg’iz qoldirdi.
— Siz buni o’z bilganingizcha to’qib chiqarishingiz mumkin, faqat meni qamasangiz bas… yig’lab yubordi qiz tushmagur
— O’zi nima gap” qotilning erkak jinsiga mansubligini allaqachon yaxshi bilamiz,, shunday ekan … — dedi Nazarov va tusatdan ilk qurbon o’ldirilgan vaqtdagi manzara esiga tushdi…
: Rajabov aytgan edi , xamma qotillik joyida qizlarning bitta xam buyumi qolmagan, qizlar chehrasi ya’ni yuzi butkul timdalab chavaqlab tashlangan.. Eng qizig’I xech birining iffatiga tajavvuz qilinmagan… NAhotki bu “qotil vosvos “ ayol kishi bo’lsa? Erkak bo’lganida bunaqa jinsiy qurbonlikdan o’zgacha huzur olgan bo’lardimi?
Shahriyor o’z hayollaridan o’zi nafratlanib ketdi “ Jinsiy lazzat emish? Fuu… Naqadar fojea…”
— Singlim, siz bu ishni qilganman deb xammaning oldida gapira ko’rmang , yo’qsa….
Qiz yig’lab yubordi… _ — U meni baribir izlab topadi,.. Chala qolgan ishini ohiriga yetgizmasi qo;ymaydi u … Qiz yanada piqillab yig’lay boshladi
— Kim u “maraz”? menga u xaqida bilgan barcha ma’lumotlaringizni ayting… buyruq imosida savol berdi NAzarov
— U mahluq…. Uning aniq manzili xam ismi xam o’zgarib turadi… U faqat menga emas menga yordam bergan xar qanday odamga qasd qiladi. (Qiz qandaydir u’zga g’ayritabbiiy mahluq xaqida gapirayotgandek juda hurkib gapirar deyarli shivirlardi..) — Uning xamma yoqqa yetadigan uzun qo’llari va xaddan tashqari ziyrak ko’zlari bor…
— U agar odam bo’lsa sizga va’da beraman biz uning sizga ozor berishiga yo’l qo’ymaymiz.
NAzarov sekin qizni xonada yolg’iz qoldirib amakivachcha akasi Salohga sim qoqdi.
— Amaki,,, Bo’limingizda ayollar muammosi bo’yicha ruhshunos bormi? Menga zudlik bilan yordamingiz kerak….
• * *
Oradan uch kun o’tgan, shu uch kun ichida bitta xam sirli hodisa sodir bo’lmadi. Faqat uchinchi kun katta leytinant Rajabov Shahriyorga qo’ng’iroq qildi. Ovozi biroz tashvishli xamda ozroq g’amgin edi,
— O’rtoq Nazarov, mening ishim yo’g’ey bizning ishimiz bo’yicha tergov izlanishlari qanday ketyabdi? .. ( yengil pauza …) u soniya sanayotgandi,,,
— So’nggi guvohni xozir yashirinchi Gogol ko’chasidagi Shahar Ruhiy kasalxonasida ayollar bo’limida yashirib kelyabmiz,,, — dadil va o’ziga ishonch bilan hisobot qildi Shahriyor — Bemorni asablari biroz charchagan ekan, ertaga unga javob ebrishgach u bilan so’nggi marta tergov qilib qotilni fosh qilamiz,
( Biroz past ovozli jimlik so’ng Rajabovning ho’rsingani eshitildi ) — Xa xamamsi yaxshi bo’libdi,,,, Xa .. dedi (o’ziga o’xshamagan soxta va g’alati ovozda ) so’ng hayrlashmay xam go’shakni qo’yib qo’ydi,
— Murodov ! telefonini o’chirarkan, Shahriyor Yodgorga qaradi :
— Zudlik bilan Rajabovnikiga qurollangan jamoani yubor… Men esa — soatiga qarab qo’ydi Shahriyor — Kasalxonaga o’tishim kerak … Bir soatdan so’ng qotil qo’lga tushadi ….
• * *
Shahriyor oddiy fuqoro kiyimida yonida ikkita qurollangan hamrohi bilan “alohida alohida “ bo’lib kasalxona hududiga kirdi. Ayollar bo’limida birining xotini, birining esa keksa xolasi “ davolanayotgandi”
Shahriyor esa amakisining iltimosi bilan oq halatda qabulxona shifokori qiyofasida o’tirarkan ikki sherigi guyo bemor yaqinlarini ko’rgani kelishdimi ruyhatdan o’tib mahsus suhbat uchun belgilangan keng zalga o’tishdi.
Endi faqat kutish kerak…
• * *
Suhbat uchun uchrashish muddatiga bor yo’g’i ikki soat ajratiladi. Shu choq NAzarovning qo’l telefoni jiringaldi Yodgor ekan
— Urto mayor, Rajabov bugun soat 15 da o’ldirib ketilibdi… Xonasida tanasi burdalangan xolatda topildi… shoshilinch holatda hisobot berdi,,,
— yaramas !! jahl qildi Shahriyor va gushakni quydi — Men soatda adashib ketdim! Qotil faqatgina 03 da emas kunduzgi 15 ( kunduzgi 03 ) da qatollik qilibdi da? Nimaga bunday?
Shu choq oynali qabulxona darichasidan sof o’zbekcha talaffuzda notanish mexmonning ovozi eshitildi :
— Men singlim Malka Rohelning yoniga klegandim.. Ismim Yaffe .. Uni izlab bormagan kasalxonam, kirmagan mexmonxonam qolmadi… U bilan shaharchaga o’tkan ota bobolarimizni qabrini ziyorat qilgani kelgandik,,,, Uni daragini topib keldim…
Erkak taxminan 27—28 larda baquvvat quyoshda qoraygan, millati chindan xam yohudiy yoki forsga o’xshardi.
“Samarqandlik eroniylarga o’xsharkan, “ deya Shahriyor ona shahrini eslab qo’ydi . So’ng esa odatiy qog’ozbozlik ishlari bilan band odamdek o’zini ko’rsatdimi, sekin kartotekalarga ancha payt tikilib turdi va bahonada faqat qurollangan sheriklariga seziladigan vibrativ signalni chaldi,
— Xa … Chet ellik qiz… Tili xam u qadar tushunarsiz… Ruhiy xasta deya shu yaqin urtadagi hiyobondan topishgan,,, avvaliga “Tez yordam:ga keyin bizga junatilgam , kutib turing … dedi Shahriyor va sekin xonadan chiqib shartta chap va o’ng tarafdan kelgan sheriklarini pana qilib shartta sirli mexmonning peshonasiga qattiq zarba berdi.
• * * *
Aeroportning kutish zali. Malka Shahriyor bilan o’rindiqlarning birida o’tirgancha Toshkent — Stambul yunalishida uchuvchi ikki peresatkali axiyri o’z vatani Tel-avivga samalyot parvozini asabiy kutib turardi.
— Shunday qilib siz Kuhna Raheliylar sulolasining yagona merosxo’ri ekansiz da… xamon “Ming bir kecha” ertaklaridagi kabi bu kuhna tarixga ishongisi kelmay xayratda yuzinchi marta savolini qaytardi …
— USha qizlar menga vosvos o’gay akamdan yashirinishimga yordam bergani uchun “xoinlar qatli” muddatida soat 03: 03 da ayovsizlarcha o’ldirilgan eng qizig’I xech qaysi meni sotishmadi.. Ular mening O’zbekistondagi eng yaqin dugonalarim edi.
— Demak siz avval bu yerda ?
— Rahel buvim shun yerda yashagan… ( yahudiylarda ona taraf millati familyasi va millat nomi oladi ) shu shaharcha urush yillarida ko’chib kelgan, buvam bo’lmish Yoffe ( uni ismini va shajarasini o’gay akam “o’zlashtirib “ olgan edi) xanuz Tel-avivda katta boy hududning asoschisi hisoblanadi…. Men 9 yoshimgacha O’zbekistanda yashaganman,.. Dugonalarim tarqab ketishgan bo’lsa xam meros masalasida qonsiragan akamdan qochib O’zbekistonga qaytagnimda ualrni osongina topdim…
— Rajabov xam sizga yordam berishimiz yo’lida shahid ketdi… xo’rsindi Shahriyor .. Shahriyorga qo’ng’iroq qilgan mahal qotil Rajabovning yonida bo’lganiga ishonchi komil edi shu sabab qurolli jamoa junatgan ammo kechikkan edi.
Ammo qotil puxta o’ylangan tuzoqqa osongina tushdi.
— Biz tarafga xam mexmonga boring shohona taomlar bilan siylayman… dedi Yahudiy malika ketar jafosiga Shahriyorning yuzidan chimdab qo’ydi — Bizda shunaqa xayrlashadilar…
— Xa aytangancha ismingiz nega MALKA ekanini endi tushundim…. Shoshib qoldi yigit ammo qallig’i Shahrizoda esiga tushib “suyulish”dan to’xtab darrov tosh qotdi
— Malka bu “Malika “ degani .. qop qora ko’zini qisib hayrlashgan qiz nozik hirom aylab yigitdan uzoqlashdi.
— Agar sevgilim Shahi bo’lmaganda , allaqachon senga uylanib olardim-u, ammo sizlarda
Farzand millati xam familyasi xam onasi tarafga o’tganligi sabab men bunday qila olmayman. Yo’qsa biyijonim meni tiriklayin yerga ko’mib qo’ya qoladi !
Shahriyor miyig’ida kulgancha iziga qaytdi
(tamom)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев