Doimo sog` bo`lib, uzoq umr
ko`rish sirlari insoniyatni qadim-
qadimdan o`ylantirib kelgan va
uning yo`llarini izlagan. Odamlar
sog`lom va baquvvat bo`lish
maqsadida xalq tabobatidan,
ya`ni tabiatning o`zidan keng
foydalanganlar. Qancha umr
ko`rish ko`p jihatdan insonning
o`ziga bog`liqdir. Buyuk bobomiz
Abu ALi Ibn Sino uzoq yashash
xususida yuritib, fe`l atvorning
yumshoq, vazmin bo`lishi, o`z
vaqtida ovqatlanish, ozoda
yurish va tanani ortiqcha
narsalardan tozalab turish
(haftada hammom)ga amal qilish,
qaddi-qomatini to`g`ri tutish,
burun orqali nafas olish,
kiyimning tanaga mosligi,
jismoniy hamda harakatlarning
bir-biriga uyg`unligi, to`yib
uxlash va o`zini tetik tutishga
alohida e`tibor berishni uqtirgan
edi. Buyuk tabibning bundan
ming yil muqaddam aytgan
fikrlari bugungi kunda ham o`z
ma`nosini yo`qotgani yo`q. Doim
navqiron bo`lib yurish omili
go`zal tabiat, shifobaxsh
giyohlar, keng va ozod uy,
mehribon ayol, sodiq do`st,
jismoniy mehnat, mehr-oqibatli
qarindosh, ahil jamoa,
shuningdek, insonning ruhiy
olamiga bog`liq. Serharakat kishi
hamisha sog`lom va baquvat
bo`ladi. Nimjon, dangasa,
zahmatni xush ko`rmaydigan,
jahldor, hasadgo`y va badfe`l
bo`lgan odamlar uzoq umr
ko`rish baxtidan mahrumdirlar.
Garvard universitetining (AQSH)
professori Geberg Benson buni
ilmiy jihatdan ham asosladi.
Muntazam namoz o`qib, sajda
qilish nafas olishning
tebranishini kamaytiradi hamda
bosh miyaning to`lqin
tebranishlarini me`yoriga
yordam beradi. Olimning
kuzatishlariga qaraganda,
muntazam muntazam namozini
o`qiydiganlar boshqalarga
nisbatan uzoq umr ko`radilar,
shuningdek, shifokorlarga ham
36% kam murojaat qilar ekanlar.
Dardga chalinmaslikni, uzoq umr
ko`rishni va hamisha quvnoq
bo`lishni istasangiz ko`p ovqat
yemang, balki ko`proq harakat
qiling, ochiq havoda ko`proq
bo`ling, televizor yonida kamroq
o`tiring, vaqtida me`yorida
uxlang, qilingan mehnatingizdan
quvonch topa oling. Og`riqqa
chidayolmay ko`zlaringizdan
yosh oqsa ham harakat qila
oladigan a`zolaringiz bilan
harakat qiling, kasallikka yon
bermang, kimyoviy dorilarni
ko`p iste`mol qilmang.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 19