Kim sizga o'limni dahshatli deb ta'rifladi? Yo biror kimsa u dunyodan qaytib kelolganmi? Ne sabab o'zingiz bilmaydigan narsadan qo'rqasiz? E'tibor bering-a: bu dunyoda bizni doimo betoblik, hayvonlar va insonlarning qahru g'azabi har tomondan ta'qib qiladi. Biz go'yoki to'rt tarafdan quvg'inga uchraganga o'xshaymiz. Bunday holat faqatgina birovning uyida yashayotgandagina sodir bo'lishi mumkin. Shunday ekan, nega mehmondan o'z uyingizga qaytishga qo'rqasiz?
Ko'pchilikka nafi tegmaydiganlarni va o'ziga o'zi foyda keltiruvchilarni <<yashayapti>> desa bo'ladi. Harakatsizlikda qotib, o'zini panaga oluvchilar uchun esa uylari go'yo tobutdir. Siz bunday odamlar yashaydigan uyning ostonasiga marmar taxtacha o'rnatib, ularning ismini yozib qo'ysangiz ham bo'ladi. Chunki ular o'limidan avval o'lganlardir.
Siz onangizning issiq bag'rini tark etib, yorug' dunyo yuzini ko'rdingiz. Dag'al qo'llar tanangizga botgan zahoti noma'lumlik qarshisida dahshatga tushib, chinqirib yig'lab yubordingiz. Shundan keyin yillar o'tib, bu yorug' olam bag'rini tark etib, o'zga bir noma'lumlik bilan ro'baro' bo'lishga taraddudlanar ekanmiz, yana dahshatga tushamiz. Nega shunday? Yana nimadan qo'rqamiz? Ona bag'ri to'qqiz oy bizni yorug' olamdagi hayotga tayyorlaydi. Yorug' olamda esa biz go'daklik chog'imizdan to keksaygunimizga qadar yana qandaydir yangi tug'ilish oni uchun yetilib boramiz. Nega shuni tushunmaymiz?
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Комментарии 42