Предыдущая публикация
Ayrildik.., ko'zlarimni yumdim.
Senga shaydo bo'lgan yurakka,
Guldek muhabbatimni ko'mdim.
Qiziq ekan dunyo ishlari,
Qo'l siltamoq bo'lsaydi oson.
O'ngidan kelmadi tushlarim,
Tanam jonsiz, ruh kezar sarson.
Qarang, shamol daraht gullarin,
Olib uchar uzoq-uzoqqa,
Qani edi, dil so'zim yozsam,
Daraxtlardan tukilgan yaproqqa.
Yozdim yana hijron xatlari,
Bo'g'zimda titradi ovozlar.
Afsus, xatlar bormaydi sizga,
Sirdosh bo'ldi oppoq qog'ozlar
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев