Orzu qilib to'yimizni ko'rolmagan.
Ulg'aytirb bo'yimizni
ko'rolmagan.
Qancha odam kelgan to'yga
kelolmagan.
Mexribonim azizginam OTAJONIM.
Bugun to'ydir o'z-o'zimga
so'zlayapman.
Birov bilmas ich-ichimdan
bo'zlayapman.
Siz yo'qsiz-u lekin sizni
izlayapman.
Joylaringiz bilindi ko'p OTAJONIM.
Yonimda yo'q naxot endi
bilolmaysiz.
Duo qilib oq fotixa berolmaysiz.
Shu damlarda naxot boshim
silolmaysiz.
Qo'lim yetmas osmonginam
OTAJONIM...
Uylarimiz to'lmish mana
mexmonlarga.
Yurak esa to'lib bo'ldi
armonlarga.
Boraymi yo OTAJON siz
tomonlarga.
Meni mangu armonginam
OTAJONIM...
Ana ONAM sochidagi oqi bo'ldim.
Munis singlim ko'nglidagi oxi
bo'ldim.
Bu dunyoning ko'ngli yarim sog'i
bo'ldim.
Dardlarimga darmonginam
OTAJONIM...
Termulasiz chiqolmaysiz
suratlardan.
Nola chekib qaro yerning
qatlaridan.
Judo bo'lib bolam demoq
baxtlaridan.
Mening aziz jannatmakon
OTAJONIM.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 11