Endi bir dam to’xtam topsa
Kamina hikoyati,
Bu hikoyat kaminaga
Allohning inoyati.
Ko’rib bilgan qayg’u hamda
Shodliklarim bo’ldi dars,
Asar bitdim shul sababkim,
Ikki qo’ldan chiqar qars.
Satrlarim safi to’ldi
Undovlarga, so’roqqa,
Foydali gap olgandursan
Ilingudek “o’roq”qa?
Satrlarga to’ldirdim men
So’rog’u undovlarni,
Bul undovlar undash bo’lsin
Yo’qotgali g’ovlarni.
Seni bilmam, lekin men ko’p
Naf oldim bul suhbatdan,
Alloh O’zi panoh bersin
Turli fitna, tuhmatdan.
Nasib qilsa suhbatimiz
Davom etar unoq kun,
Hozircha bul bitganlarim
Vaqtincha topsa yakun…
To’kildi to’rt tomonimga
To’lib dard alam jomi,
Endi boqding bir tarafga
Hali ko’pdir davomi…
Bul barchasi debochadur,
Aytar gapim ko’p hali,
Istagim shul Yaratgandan –
Imkon bersin aytgali…
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев