Предыдущая публикация
Siyosat, bu – bandalarning
O’zaro aloqasi,
Aloqani bo’sh qilganga
Joydir jarning yoqasi.
Siyosati to’g’ri elning
Ishin bo’lur rivoji,
Xalqi rozi bo’lib,shohin
Ketmas boshidan toji.
Kelajakka eltar har bir
Yo’llari ham ravondir,
Mamalakat tinch, davlat mahkam,
Xalqi to’q, farovondur.
Rizqin to’liq berur Razzoq
Xalq Haq tanigan sorin,
Xalq holiga qarab xoliq
Belgilagay sardorin.
Lek siyosat ko’p yurtlarda
Avom uchun o’yindur,
Quchoq-quchoq va’da qilgan
Asli bo’m-bo’sh qo’yindur.
Haq siyosat xalqni doim
Haq yo’liga undagay,
Aksi go’yo haql boshini
Qo’yar bir kun kundaga!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев