Ong berildi anglagil deb
Sen Haq bilan botilni,
Ko’r, shukr qil, tushuntir deb
Berdi Haq ko’z va tilni. *
Har a’zoni ul Musavvir
Nozik did ila bosdi,
Eshitgil har tarafdan deb
Har yonga quloq osdi.
Berdi oyoq-qo’llaringni
Rizq, nasiba topgil deb,
Og’iz berdi keragin yeb,
Nokerakka yopgil deb.
Keragidan oshmasin deb
Har bir olgan nafasi,
Bir shaklda terilgandir
Inson ko’krak qafasi.
Ko’plab nozik a’zolaring
Shu qafasga joylangan,
Barchasining ta’minoti
Qon tomirga boylangan.
Katta-katta yeb botmasin
Deb gunohi azimga,
Berdi kichik bir oshqozon
Ovqat uchun hazmga.
Bular barin bilsang hamki,
Shunchaki bir bayondir,
Qolgan ba’zi a’zolaring
Vazifasi ayondir.
Barcha shalu suratlarning
Eng hayratli qizig’I,
Sen siriga yetmas bo’lgan
Barmoqlaring chizig’i. **
Fikrlashga sabab senda
Uchragaydur xilma-xil,
Fikr ongga joylashgaydur,
Ongga-chi, miyya, manzil.
O’ylangan o’y qandayligin
Baholab turgaydur dil,
Uning hukmu xulasasin
Bayon qilib turgay til.
Voqelikni ko’z qulog’ing
Ko’rib, tinglab bilguvchi,
Ma’lumotni zudlik bilan
Miyya qabul qilguvchi.
Miyya darhol farmon berar
Kerakli bir qismga,
Ul qismchi, ta’sir qilar
Ko’z ko’rgan ul jismga.
Bor a’zoni ta’min etar
Tanangda neki boring,
Kunda uch bor so’rab turar
Qorin degan omboring.
Barchasining nazoratin
Qilguvchi bosh miyyadir,
Har noma’qul farmoyishdan
Uni Iymon tiyadir.
Bu barchasin borligi ne?
Bunga jiddiy qara-da,
Tafakku qil va bil: bu jon
Tanangda ijarada.
Ma’lum muddat omonatdir
Joning bu “jon qafas”da,
Faqat Haq bilgay bu muddat
Qanchadir qaysi kasda. ***
Tanang tirik chog’I to’ldir
Joningni Iymon bilan,
Tanni topshirib tuproqqa
Iymon qolar jon bilan.
Achchiq aytsam ajablanma,
Hozrdagi holima,
Aytarimga amal ayla,
So’ngra yig’lab, nolima.
* “Nahl” surasi,78-oyat;
** “Qiyomat” surasi,4-oyat;
*** “Luqmon”surasi,34-oyat.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев