Endi kulgu haqida erur
Xatimning ushbu bobi,
Bilaman ba’zilarning
Shu bobga yo’qdir tobi.
Kulish yoki kulmaslik bu
Inson uchun farz emas,
Kulmaslarga albat bu bob,
O’qish uchun arzimas.
Kalomdan bir so’z keltiray,
Bu Allohning so’zidir:
”Yig’latgan ham Uning O’zi,
Kuldurgan ham O’zidir”.*
Bul his ham har inson uchun
Allohning bir ne’mati,
Go’yo qushga berilgandek
Qanotining bir pati.
Shirin hayot mazmunida
Unda ham bir ulush bor,
Lek har kulish kulishmasdir
Kulishdayam kulish bor.
Kulgan inson haddin bilsin,
Xandon urib qotmasin,
Hushyor qilsin, qaysidir bir
Dilga og’ir botmasin.
Kulsang shunday kulki,kluging
Bo’lsin sof,go’zal, xolis,
Dilozorlik turli tuman,
G’arazdan bo’lsin oils.
Hech vaqt behold, bechorani
Kulib qilma masxara,
Ul sho’rlikka bitilgan sho’r
Taqdirga to’g’ri qara!
Bo’lsa imkon, ber boringni
Olma borini shilib,
Kelsa qo’ldan, qo’y qo’ling ul
Qo’lga kulsin qo’shilib.
Kulgu haqda fikrim shudir:
Kulgudan oily niyat –
Insonlarga baxsh etishdir
Bir oz yaxshi kayfiyat.
Sof kulguning sof maqsadi
Yuvish dul g’uborini,
Dildagi g’ashliklar-u
G’am-alamning borini.
Kulgu – qora qalbni qoqish,
Tanni toza qildirish,
Kulgu – davradoshlaringga
Hamrozliging bildirish.
Faraz qilgin, bir insonga
Boqsang agar xo’mrayib,
Fikr qilar senga boqib:
“Balki bir joyi mayib?
Yoki biron bir joyiga
Kirib qolgandir tikan,
Nega buncha qovoq osar
Balki qarzim bormikan?”
Tabassuming darig’ tutma,
Axir ul emas yemak,
Bir insonga tabassuming –
“Sizga mehrim bor” – demak.
Tabassuming dildan bo’lsa
Bu – bir huzuri jondir,
Xabar beray bir hadisdan:
“Tabassum ham ehsondir”.
Mo’min ko’rsa bir mo’minni
Quchoq ochsin quvonib,
Boqmasinlar xo’marayishib,
Iymonlaridan tonib.
Kulmaydigan el yo’q, kulgu
Berilgan har millatga,
Chin kulgu bir zo’r zarbadir
Ko’plab buzuq illatga.
Turi ko’pdir:Tabassum bor,
Qahqaha bor, xanda bor,
O’z-o’zingga bergil savol”
“Xo’sh qay biri manda bor?”
Iljayish bor, tirjayish bor,
Turi ko’p mayday-chuyda,
Bo’lmagani yaxshiroqdir
Bachkanasi hech uyda.
Yengil hazil mutoyiba
Aylanmasin pichingga,
Kulsang kulgil me’yorda va
Ehtoyit bo’l ichingga!
Yetar ancha sayr qildik
Kulgu degan vohada,
Sabab shulkim, ijod qildim
Uzoq yil shu sohada.
Nega ketding deb so’rsalar,
Javobim shuldir manim,:
“Endi jiddiy gaplar aytay,
Yetar shu kuldirganim”.
Nelar aytdim, nelar bitdim
Shuncha yil, shu yoshgacha,
Bildim, ba’zan bo’lmish xato,
Bul kun fikrim boshqacha.
Boshdan boshlash uchun ortga
Qaytishga iloj yo’qdir,
Endi bosar qadam aniq,
Bu yo’ldan ko’nglim to’qdir.
Kun ortidan kun kelgandek,
Yoz ketidan qish bordek,
Ko’p kulguning orqasida
Bilgil bir tashvish bordek.
Shul o’rinda bir hadisni
Keltirsam erur sozroq:
“Men bilganni bilsalaring
Kular edinglar ozroq.
Kam kulib, ko’p yig’lashni siz
Qilar edingiz odat”.
Bul hadisning ma’nosini
Anglamoqlik – saodat!
*”Van-najm” surasi, 43-oyat.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1