Bir qishloqda bir dam to‘xtaldi.
Savol berdi qishloqning ahli.
Ayol zoti qanday zot asli..
O‘ylab dedi donishmand sekin:
AYOL asli qalbning gavhari
U siz ishning yo‘qdir samari.
AYOL shunday zotdir ojiza
AYOL bizga yetti mo‘jiza..
Oyog‘ining ostida jannat
Qo‘li guldir ajoyib san'at..
Tishlari dur tovlanib turar
Ko‘zlarida mehr mavj urar..
Pichirlaydi lablari faqat
AYOL uchun berilgan toqat..
Sochlarida qor, qirov nomi
Tillarida baxtning kalomi..
Quloqlari tinglar yaxshi so‘z
Kipriklari misli bir tovus
Qoshlarida kamonning aksi
Xech zot yo‘qdur AYOLdek yaxshi..
O‘zi yemas bolam yesin der
Shirin bolam onam desin der..
Ko‘nikadi shart qo‘ysa taqdir
Bunday zot kim, AYOLdir axir..
Erkakmizmi ayolim dermiz
AYOL mening bir yorim dermiz..
Onam ayol, Ayolim ayol
Opa-singil, jigarim ayol..
O‘zbek ayol ibolari bor
Boshda ro‘mol Zebolari bor..
So‘zim bisyor ayol vasliga
So‘zim ojiz ayol nasliga..
Dedi shunday so‘zlar donishmand
Qishloq ahlin qamradi xayrat..
Nahot ayol shunday ulug‘ zot
AYOLlarning bori o'zi baxt..!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4